$
 12880.35
-29.8
 14535.47
-125.3
 156.68
-3.1
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Yo‘l harakati bilan bog‘liq noto‘g‘ri chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat yo‘llash tartibi qanday?

mygov shikoyat

my.gov.uz portali orqali sinov tartibida ishlayotgan Yo‘l harakati bilan bog‘liq noto‘g‘ri chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat yo‘llashda e’tiborli bo‘lish so‘raldi.

Nega bunday xatoga yo‘l qo‘yiladi?

Ko‘p fuqarolar jarima to‘g‘risidagi qaror raqamini to‘lov kvitansiyasi raqami bilan adashtirib yubormoqda. Qaror raqamini kiritayotganda harflarning katta-kichik belgilariga e’tibor berishmayapti. Yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etilgan hududni noto‘g‘ri belgilashmoqda.

Qaror raqamini va voqea joyini to‘g‘ri kiritish ahamiyati

Qaror raqami – bu sizning ma’muriy huquqbuzarlik holatingizni aniqlashda yagona identifikatordir. Agar siz raqamni noto‘g‘ri kiritsangiz, tizim sizning shikoyatingizni tegishli ma’lumotlar bilan bog‘lay olmaydi va u rad etiladi. Yo‘l harakati qoidabuzarligi bo‘yicha chiqarilgan qaror yuzasidan yo‘llangan shikoyat qoidabuzarlik sodir etilgan hududga biriktirilgan mas’ul xodimga avtomatik ravishda yo‘naltiriladi. Shu bois qoidabuzarlik sodir etilgan hududni aniq belgilash zarur.

Qaror raqamini qanday topish va to‘g‘ri kiritish mumkin?

“Sizga jarima solingani to‘g‘risida yuborilgan qarorni diqqat bilan o‘rganing va qaror raqamini toping. Raqamni to‘liq va aniq ko‘chiring: harflar va raqamlari bilan birga. Arizani yuborishdan oldin unda hech qanday xatoliklar yo‘qligiga ishonch hosil qiling”, deyiladi xabarda.

Qaror raqamlari bo‘yicha namunalar: RA12345678901, RR12345678901, RB12345678901, ST12345678901, MB12345678901.

Теги :
Jamiyat