$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston banklarida qanday muammolar kuzatilmoqda?

bank

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi o‘z faoliyati davomida aholi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga urinmoqda. 2024-yilda tashkilotning ishonch telefoniga 1371 ta murojaat kelib tushgani bank xizmatlarining hali ham ko‘plab savollar va e’tirozlarga sabab bo‘layotganini ko‘rsatadi. Bu haqda 17-yanvar kuni AOKAda o‘tgan brifingda O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Axborot xizmati rahbari Hadya Abdullayeva ma’lum qildi.

Bank xizmatlariga oid shikoyatlar nimadan iborat?

Assotsiatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, kelib tushgan murojaatlarning katta qismi maslahat va savollar ko‘rinishida bo‘lib, ular darhol hal etilgan. Biroq 112 ta murojaat batafsil ko‘rib chiqishni va tegishli choralar ko‘rishni talab qilgan. Ushbu muammolar quyidagicha taqsimlangan:

— Kredit masalalari – 29 ta murojaat;

— Bankomatlar va mobil ilovalar bilan bog‘liq muammolar – 46 ta murojaat;

— Chakana xizmatlar sifati bo‘yicha shikoyatlar – 25 ta murojaat;

— Pensiya to‘lovlaridagi muammolar – 12 ta murojaat.

Muammolardan xulosa chiqarilyaptimi?

Banklar Assotsiatsiyasi kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilish asosida muammolarni joylarda hal qilish va aholiga tushuntirish berishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu maqsadda 2024-yil davomida “Moliya tendensiyalari – Fintech va banklar” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. Ushbu tadbirda bank xizmatlari, moliyaviy firibgarlikka qarshi kurash va raqamli bank xizmatlari rivoji kabi mavzular muhokama qilindi.

2024-yilda Prezidentning “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish” haqidagi farmoni qabul qilindi. Bu kichik va o‘rta biznesning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim qadamdir. Farmon ijrosi doirasida faktoring xizmatlariga bag‘ishlangan maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi. Ushbu kurslarda bank xodimlari malakasini oshirish va zamonaviy moliyaviy vositalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ko‘nikmalar oldi.

Murojaatlarning eng og‘riqli nuqtasi — inson omili

Murojaatlarning bir qismi bank xodimlarining muomalasi va kasbiy etikaga zid harakatlariga bog‘liq bo‘lib, bu borada tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bank xodimlarining o‘z mijozlariga nisbatan salbiy munosabati tizimni yanada takomillashtirish zaruratini ko‘rsatmoqda.

Raqamli bank xizmatlari va texnologik yangiliklar sohasida sezilarli o‘zgarishlar bo‘layotgan bo‘lsa-da, aholining kundalik ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatishda ayrim muammolar hamon mavjud. Banklar Assotsiatsiyasi esa bu muammolarni hal qilish yo‘lida aholiga yaqinroq bo‘lishga harakat qilmoqda.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot