$
 12874.86
-18.11
 13525.04
-16.45
 123.06
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Aholi orasida avtomobil yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha e’tirozlar ko‘paymoqda

mashina

Avtomobil xaridi bilan bog‘liq muammolar ko‘plab fuqarolarni qiynamoqda. Yetkazib berishdagi kechikishlar, sifatsiz mashinalar va ehtiyot qismlardagi nosozliklar yuzasidan Raqobat qo‘mitasiga minglab murojaatlar kelib tushmoqda.

Hududlar kesimida avtomobil muammolari

Xorazm viloyati: Bir yillik kutish va kompensatsiya masalasi

Yangiariq tumanida yashovchi fuqaro S.M. “Avto-Layner Xorazm” MCHJ bilan shartnoma asosida “Gentra” avtomobilini sotib olish uchun 146 million so‘m to‘lov qilgan. Shartnomaga ko‘ra, mashina belgilangan muddatda yetkazib berilishi lozim edi, ammo xaridor bir yildan buyon kutib kelmoqda. Bundan tashqari, unga kompensatsiya pullari ham to‘lanmagan. Raqobat qo‘mitasi murojaatni o‘rganib chiqib, kompaniya tomonidan 850 ming so‘m miqdoridagi kompensatsiya to‘lab berilishiga erishdi.

Toshkent viloyati: Nosoz “Damas” va almashtirilgan avtomobil

Fuqaro “Drivers Village Bekobod filiali” dilerlik korxonasidan “Damas” avtomashinasi xarid qilgan, ammo mashina texnik nuqsonli bo‘lib chiqqan. Xaridor yangi mashina bilan almashtirishni talab qilganida, muammo yuzaga kelgan. O‘rganishlar natijasida avtomashinada haqiqatan ham nosozlik borligi tasdiqlanib, qonunchilikka muvofiq yangi avtomobil bilan almashtirib berildi.

Buxoro viloyati: “Buxoroavtotexxizmat” MCHJdan “Tracker 2” rusumli avtomobil sotib olgan fuqaroning mashinasi hujjatlaridagi VIN raqami noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani aniqlandi. Buning oqibatida xaridor mashinadan foydalana olmadi. Murojaat natijasida kompaniya tomonidan xatolik tuzatilib, fuqaroga to‘liq qonuniy hujjatlar taqdim etildi.

Navoiy viloyati: Navoiy shahrida yashovchi fuqaro A.O. “BILLUR AVTO SAVDO NAVOIY” MCHJdan “Tracker” avtomobilini xarid qilgan. Mashinani qabul qilgach, boshqaruv rulining isitish moslamasi yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Raqobat qo‘mitasi aralashuvidan so‘ng, fuqaroga 535 ming so‘m ortiqcha to‘langan mablag‘ qaytarib berildi.

Farg‘ona viloyati: Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro Sh.Yu. “Onix 3 LT” avtomashinasi sotib olgan, ammo mashina nosoz bo‘lib chiqqan. Xaridor avtomobilni ta’mirlashni so‘raganida arizasi rad etilgan. O‘rganishlar natijasida avtomobil servis xodimlari tomonidan bepul ta’mirlanib, mashina soz holatga keltirildi.

Samarqand viloyati: Samarqandlik fuqaro Sh.Yu. yangi “Tracker 2 LTZ” avtomobilini xarid qilganidan so‘ng, uning dvigatelida nosozlik borligi aniqlangan. Fuqaro mashinani almashtirishni so‘ragan, ammo talab qanoatlantirilmagan. Raqobat qo‘mitasi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida avtomobilga yangi dvigatel o‘rnatildi va muammo bartaraf etildi.

Raqobat qo‘mitasi aralashuvi natijasida murojaatlar hal etildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yil davomida mingdan ortiq murojaatlar ijobiy hal etilgan. Ammo bu kabi holatlar avtomobil yetkazib berish tizimidagi tizimli muammolarni ko‘rsatmoqda. Fuqarolar kechikishlar, nosoz ehtiyot qismlar va dilerlarning sust ishlashi tufayli ko‘plab noqulayliklarga duch kelmoqda.

Теги :
Jamiyat
Avto