$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyodagi semizlar soni milliarddan oshdi

semizlik

“Lancet” tibbiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda maʼlum boʻlishicha, bugungi kunda sayyoradagi har sakkizinchi odam semizlikdan aziyat chekmoqda. Xoʻsh bunga nima sabab boʻlmoqda.

Semizlarning asosiy qismi ayollar

Maʼlumotlarga qaraganda, 1990-yildan buyon semirib ketganlar soni 4 baravarga, 226 milliondan 2022-yilda 1 milliard 38 millionga oshgan. Ulardan 504 millioni ayollar (o‘sish 18,5 foiz), 374 millioni erkaklar (14 foizga o‘sgan).

Bolalar ham bu muammo bilan kurashmoqda

Muammo bolalar va o‘smirlarga ham ta’sir qilgan. Bu boradagi ko‘rsatkich 1990-yilda 31 milliondan 2022 yilda 159 milliongacha, ya’ni besh baravarga oshgan.

Oʻlim xavfi ortadi

Shifokorlarning fikricha, ortiqcha vazn bevaqt o‘lim xavfini uch marta oshiradi.

Rivojlanishiga sabab

Semizlikning rivojlanishida eng keng tarqalgan sababi ortiqcha ovqat isteʼmol qilish natijasida oziq-ovqat qabul qilish va energiya sarflash o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi, ya’ni oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilish va energiyani kam sarflash, me’da osti bezi, jigar, ingichka va yo‘g‘on ichaklar faoliyatida buzilishlar (noendokrin patologiyali semirish), genetik buzilishlar sabab boʻladi. Bundan tashqari, semirib ketishning bir necha sabablari bor: kam harakatli hayot tarzi, antidepressantlar va gormonlar ichish, jismoniy ahvoli (homiladorlik, emizish, jismoniy salohiyat kamayishi), genetik moyillik.

Jiddiy asoratlar

Semirib ketish qandli diabetning 2 turi, saraton, og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari, tomirlarning varikoz kengayishi, qo‘shma kasalliklar, gipertoniya va ortiqcha vaznning mavjudligi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarga olib keladi. Shu bilan birga, semiz erkak va ayollarda ko‘payish funksiyasi kamayadi yoki yo‘qoladi, qandli diabet, jigar semirib ketishi, yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa kasalliklar rivojlanishi mumkin.