$
 12019.27
32.97
 13984.42
46.75
 165.65
2.04
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda semizlik darajasi qoʻshni davlatlar ko‘rsatkichlaridan oshib ketgan

semizlik

O‘zbekistonda noto‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikning pastligi tendensiyasi saqlanib qolmoqda. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat aholisining 44 foizi kam harakatli turmush tarzini olib boradi. 36 foizi esa sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga amal qilmaydi.

Shu bilan birga, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari (sut, don, meva va sabzavotlar) iste’moli kamayib, fast-fud iste’moli ortib bormoqda. Natijada, semizlik bilan kasallangan kattalar ulushi 2012-yildagi 21 foizdan 2022-yilda 30 foizgacha oshib, Qozog‘iston (18,4 foiz), Qirg‘iziston (26,6 foiz), Tojikiston (23,9 foiz) va Turkmaniston (21,4 foiz) kabi qo‘shni davlatlar ko‘rsatkichlaridan o‘tib ketgan.

Oziq-ovqat xavfsizligi

O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bilan bog‘liq qo‘shimcha xatarlar ham mavjud bo‘lib, zaharlanish holatlari va talabga javob bermaydigan mahsulotlarning katta hajmlari qayd etilmoqda.

Jumladan, 2025-yilda 44 ta oziq-ovqatdan zaharlanish holati aniqlanib, xavfsizligi tasdiqlanmagan (yaroqlilik muddati o‘tgan yoki sanitariya me’yorlariga mos kelmaydigan) 33 230 tonna mahsulot yaroqsiz deb topilgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda oziq-ovqat narxlarining oshishi va sifatli mahsulotlar qiymatining yuqoriligi aholining sog‘lom ovqatlanish imkoniyatlarini cheklab, oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq xatarlarni kuchaytirmoqda.

Теги :
Salomatlik