$
 11997.83
18.19
 13967.87
66.7
 167.31
-0.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Mijoz doim haq: Sifatsiz tovarni qaytarish qanday amalga oshiriladi?

savdo savdo

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo” qoidalarida keltirilishicha, iste’molchi 24 soat ichida sifatsiz mahsulotni almashtirish huquqiga ega.

 Sotuvchi xaridorning talabiga ko‘ra:

 - tovarni tayyorlovchining nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili), xaridorlardan e’tirozlarni qabul qilib olishga va tovarni tuzatuvchi va unga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tayyorlovchi (sotuvchi) tomonidan vakil qilingan tashkilot (tashkilotlar)ning joylashgan joyi to‘g‘risidagi axborotni;

- sertifikatning asl nusxasi egasi yoki tasdiqlangan nusxasini (majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlarni sotishda);

- tayyorlovchi yoki yetkazib beruvchi (sotuvchi) tomonidan zarur tarzda rasmiylashtirilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni taqdim etishi shart.

Iste'mol qilinmagan tovarni qaytarib berish mumkinmi?

Alohida e’tibor berish kerakki, agar xaridorning tovarni almashtirish yoxud qaytarish to‘g‘risidagi talabi, tovar iste’mol qilinmagan taqdirda, uning tovar ko‘rinishi, iste’mol xossalari, plombasi, yorliqlari saqlangan bo‘lsa, shuningdek, ushbu sotuvchidan sotib olinganining isboti mavjud bo‘lsa, xaridor talabi qondirilishi kerak.

Qanday holatlarda xaridorda tanlov imkoniyati mavjud bo'ladi?

Qonunchilikka ko‘ra, qoniqarsiz sifatga ega bo‘lgan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan bo‘lsa, o‘zining tanlashiga ko‘ra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega bo‘ladi) quyidagilardan birini talab etishga haqli:

 - aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni;

 - xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;

 - xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini;

 - tovarning nuqsonlari darhol bepul bartaraf etilishini;

 - tovarning nuqsonlarini bartaraf etish xarajatlari qoplanishini.

Bunda xaridor zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilganligi oqibatida o‘ziga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishini talab qilishga haqlidir.

Sotuvchilar mazkur qoidalarni buzsa, tegishli javobgarlikka tortiladi

Savdo qoidalarni buzganlik quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoiy kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi:

- narxlarni asossiz ravishda oshirish;

- tovarlar, mahsulotlarni noto‘g‘ri o‘lchash, noto‘g‘ri tortish yoki xizmatlar ko‘rsatmaslik;

- tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schyot) bermasdan sotish;

- xaridorga tovarning, mahsulotning miqdori, vaznini tekshirish imkoniyati yaratishdan bosh tortish;

 - nosoz yoki tamg‘alanmagan tortish va o‘lchash priborlaridan foydalanish.

 Sotuvchining majburiyatlari

Sotuvchi xaridorga xarid bilan birgalikda kassa chekini, tovarlarning ayrim turlarini (antikvariat buyumlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, tabiiy mo‘ynadan tikilgan buyumlar va boshqalarni) sotishda haqi to‘langanligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan tovar chekini berishi shart.

Теги :
Jamiyat