Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +19° kechasi +9°

Rossiya bilan hamkorlikda chakana savdo rivojlantiriladi

Toshkentda Rossiya bilan hamkorlikda xalqaro chakana savdo forumi bo‘lib o‘tishi ma'lum qilindi. Bu tadbirda Yandex, Umai Group, Uzum kabi yirik kompaniyalar ishtirok etishini tasdiqlagan.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya bilan hamkorlikda chakana savdo rivojlantiriladi

Forumda O‘zbekiston, Rossiya va xorijiy elektron tijorat bozorlari ekspertlari chakana savdoni rivojlantirish yo‘llarini muhokama qiladi.

Xalqaro forum

Toshkentda Central Asia Retail Week 2024 xalqaro chakana savdo forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Bunga ko‘ra, Toshkentda 16-17 oktabr kunlari Central Asia Retail Week Elektron tijorat va chakana savdo xalqaro forumi o‘tkaziladi.

Central Asia Retail Week - chakana savdo ishtirokchilari, iste’mol mahsulotlari va chakana savdo yechimlari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari, konsalting kompaniyalari, tarmoq birlashmalari va hokimiyat organlarini birlashtiradigan xalqaro tadbirdir.

Ishtirokchilar

Bu forumda Rossiya chakana bozor ekspertlari assotsiatsiyasi, shuningdek, Yandex (RF), NielsenIQ (AQSh), Umai Group (Qirg'iziston) va Uzum (O'zbekiston) kabi yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etishlarini tasdiqladilar.

“Rossiya va xorijiy elektron tijorat bozorlarining 200 dan ortiq spikerlari va 1500 dan ortiq ishtirokchilari zamonaviy chakana savdoni rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlariga bag‘ishlangan strategik sessiyalar va davra suhbatlari doirasida ekspert fikrlari bilan almashadilar”, — deyiladi xabarda.

Tadbir O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Rossiya Sanoat va savdo vazirligi, Rossiya chakana bozor ekspertlari uyushmasi hamkorligida tashkil etiladi.