O‘zbekistonning YEOIIga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 12,6%ga oshdi
O‘zbekistonning 2024-yil yanvar-iyun oylaridagi YEOII bilan savdo aloqalari holati ma'lum bo'ldi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 2020-yildan beri YEOII kuzatuvchi maqomiga ega.
YEOII 10 yilligi
2024-yil 29-mayda YEOII 10 yoshga to‘ldi. O‘zbekiston 2020-yildan beri YEOII kuzatuvchi maqomiga ega. Respublika YEOII a’zosi bo‘lmagan MDHning barcha mamlakatlaridan YEOII savdo sheriklari orasida 1-o‘rinni egallaydi.
Eksport va import
O‘zbekistonning YEOIIga a’zo davlatlar bilan 2024-yilning yanvar-iyun oylaridagi tashqi savdo aylanmasi 12,6%ga oshib, $8,4 mlrd. tashkil etdi.
Shundan:
1. Eksport – $2,7 mlrd.
2. Import - $5,7 mlrd.ni tashkil etgan.
Davlatlar bilan savdo aylanmasi
Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi $5,7 mlrd. (+29,5%) tashkil etdi.
eksport – $1,7 mlrd.
import – $4 mlrd.
Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi $1,9 mlrd. tashkil etdi.
eksport – $620 mln.
import – $1,3 mlrd.
Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi $382 mln. tashkil etdi.
eksport – $270 mln.
import – $111 mln.
Belarus bilan tashqi savdo aylanmasi $321 mln. (+7,9%) tashkil etdi.
eksport – $75 mln.
import – $246 mln.



