Urgutda kelinning sarpolari MIB orqali undirib berildi
Kelishmovchilik sabab alohida yashay boshlagan kelin sepini qaytarib ololmagach, sudga murojaat qilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Kelishmovchilik sabab alohida yashay boshlagan kelin sepini qaytarib ololmagach, sudga murojaat qilgan. Bu haqida MIB matbuot xizmati xabar berdi.
Sudga murojaat
Samarqand viloyatining Urgut tumanida kelishmovchilik sabab buzilgan oila boshqa-boshqa yashay boshlagan. Oradan vaqt o‘tib kelin kuyovdan sepini qaytarib ololmagach, sudga murojaat qilgan. Byuroning Urgut tuman bo‘limi ish yurutuviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining ajrimiga asosan da’vogar foydasiga javobgar – kuyov tomondan 33 turdagi mol-mulklarini olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Ish da’vogar foydasiga hal bo‘ldi
Byuroning Urgut tuman bo‘limi davlat ijrochisi Shavkat Suyunboyevning ma’lum qilishicha, olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor da’vogarga tegishli mol-mulklarini qarshilik ko‘rsatmasdan topshirishi, aks holda majburiy ijro harakatlari olib borilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Shundan so‘ng undiruvchi ijro manzilga chaqirtirilib, da’vo arizasida ko‘rsatilgan 33 turdagi mol-mulklarini olib berilishi ta’minlangan.



