$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Sanoatda ma’lumotlarni tahlil qiluvchi elektron platforma ishlab chiqiladi

positive

28-avgust kuni bo‘lib o‘tgan, sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish va samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda olatforma yaratish topshirig‘i berildi.

Yil davomida sanoat tarmoqlarida olib borilgan ishlar va kamchiliklar

Joriy yilning 7 oyida sanoat hajmi 7,1%ga o‘sib, 435 trln. so‘mga yetdi. Elektr texnikasi, to‘qimachilik, charm va avtomobil sanoatida yuqori o‘sish kuzatildi. Joylarda 1,3 mingta yangi quvvatlar ishga tushirilib, qo‘shimcha 40 trln. so‘mlik ishlab chiqarish manbasi yaratildi.

Yig‘ilishda hamma hudud va tarmoqda ishlar birdek emasligi qayd etildi. Xususan, 4 ta tumanda sanoat hajmi o‘tgan yilgiga nisbatan kamaygan, 14 tasida esa o‘sish 2%ga ham yetmaydi.

Bundan tashqari, 206ta korxonada ishlab chiqarish susaygan. 3 mingta korxona elektr energiyasi va gaz sarflaganiga qaramay, statistika va soliq hisobotida mahsulot ko‘rsatilmagan.

Kunlik korxona monitoringlari

“Sanoat korxonalari bilan ishlashuvchi tizim kunlik korxona monitoringini amalga oshirib, ularning muammo va yechimlari bo‘yicha „korxonabay“ ko‘mak berib boriladi”, — dedi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Xurshed Mustafoyev 

Elektron platforma va mikrodastur yaratish topshirig‘i

Yil yakunigacha 30 trln so‘mlik qo‘shimcha ishlab chiqarishni ta’minlash ko‘zda tutilgan. Buning uchun ishchilar sonidan kelib chiqib, korxonalarga mas’ullarni biriktirish, tadbirkorlarni yangi yondashuvlarga o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Har bir viloyatning sanoatga ixtisoslashgan tumanlari bo‘yicha mikrodastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Soliq, statistika hamda energiya iste’moli bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qiluvchi elektron platforma yaratish topshirildi.

Теги :
Jamiyat