Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi katta sanksiyalar paketini joriy qilmoqchi
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ITV News nashriga dushanba kuni Rossiyaga qarshi yangi, keng qamrovli sanksiyalar paketini e’lon qilishini ma’lum qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ITV News nashriga dushanba kuni Rossiyaga qarshi yangi, keng qamrovli sanksiyalar paketini e’lon qilishini ma’lum qildi.
Britaniya Ukrainaga ko‘mak berishda davom etadi
Devid Lemmi Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan ziddiyatga chek qo‘yish bo‘yicha muzokaralarni boshlaganini, shu bilan birga Kiyevni muloqotdan chetlatganini ham alohida ta’kidlagan. Tashqi ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish kerak. Uning ta’kidlashicha, London Ukrainaga yiliga 3 milliard funt sterling miqdorida harbiy yordam ko‘rsatish majburiyatini saqlab qoladi va agar kerak bo‘lsa, Britaniya qo‘shinlarini tinchlikparvar kuchlarga yuborishga tayyor.
AQSh va Buyuk Britaniya munosabatlaridagi chigallik
ITV News nashrining qayd etishicha, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Key Starmer kelasi hafta Vashingtonda Donald Tramp bilan uchrasharkan, AQSh bilan hamkorlikni saqlab qolish bilan birga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash zarurati hisobga olinsa, u diplomatik muvozanatni o‘rnatishda qiyinchilikka duch kelishi mumkin.



