$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

“Salimboy” yuqori martabali lavozimidan olindi

Salimboy

Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

MOQ axboroti

Assotsiatsiyaga yangi rahbar saylash kun tartibidan o‘rin olgan mazkur tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev, Otabek Umarov boshchiligidagi Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, shuningdek, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi rayosat a’zolari, terma jamoa murabbiylar shtabi ishtirok etgan. MOQ axborotida Salim Abduvaliyev sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbarligidan ketgani, umuman, xatto Salim Abduvaliyevning ismi ham tilga olinmagan. Tadbirda uning o‘rnini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, bir paytning o‘zida O‘zbekiston kurash assotsiatsiyasi raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev egallagan. Qiziqalisi, bugungi kunga qadar Abduvaliyevning MOQ raisi o‘rinbosari lavozimidagi faoliyati bo‘yicha ham hech qanday xabar berilmagan. 

Salim Abduvaliyev haqida

Ma’lumot uchun, 74 yoshli Salim Abduvaliyev 1950-yilning 5-may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi-o‘rinbosari, metsenat va iqtisodiyot fanlari nomzodi hisoblanadi. Shuningdek, u o‘smirlar o‘rtasida besh karra O‘zbekiston chempioni, SSSR sport ustasi hisoblanadi. Salimboy Abduvaliyev sportga qo‘shgan buyuk xizmatlari uchun 2000-yilda Xalqaro kurash federatsiyasi (FILA) ning “Oltin ordeni” bilan taqdirlangan. 

U nima sababdan jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilindi?

12-yanvar kuni Salim Abduvaliyev salomatligidagi muammolar tufayli jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan edi. U 2024-yil 19-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining hukmiga ko‘ra, JKning 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topilgan va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi. Keyinchalik ma’lum qilinishicha, Abduvaliyev xastaligi tufayli 2025-yil 12-yanvar kuni JKning 75-moddasi tartibida jazodan ozod qilingan va ozodlikka chiqarilgan. Jinoyat Kodeksining 75-moddasi (Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish) hukm chiqarilganidan keyin jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishini nazarda tutadi.

Теги :
Jamiyat