O‘zbekistonda sabzavotlarning 58,3 foizi dehqonlar tomonidan yetishtirildi
Statistika agentligi ma’lumot berishicha, 2024-yilda (yanvardan dekabrgacha) O‘zbekistondagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 11 994,8 ming tonna sabzavot yetishtirilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Statistika agentligi ma’lumot berishicha, 2024-yilda (yanvardan dekabrgacha) O‘zbekistondagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 11 994,8 ming tonna sabzavot yetishtirilgan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha
E’tiborli tomoni, sabzavotlarning 58,3 foizi yoki 6 998,1 ming tonnasi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha yetishtirilgan jami sabzavot hajmi:
- fermer xo‘jaliklari — 4 442,8 ming tonna;
- dehqon va tomorqa xo‘jaliklari — 6 998,1 ming tonna;
- qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar — 563,9 ming tonna.



