$
 12790.43
22.17
 14486.44
86.4
 162.60
-0.03
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Bularni yo‘qotganimni sezgan zahotim, narsalarimni yig‘ishtirib, ketaman — Krishtianu Ronaldu

Ronaldu

“An-Nasr” va Portugali terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu You Tube kanallaridan birida “Manchester Yunayted” yulduzi Rio Ferdinand bilan suhbatlashdi.  

Men tarixdagi eng yaxshi futbolchiman

Ronaldu Rio Ferdinand bilan suhbat chog‘ida ko‘plab masalalarga oydinlik kiritdi. “Tanqid qilish bor narsani qadrlashdan osonroq. Biz matbuot qanday ishlashini bilamiz. Yaxshi narsa aytsang, sotilmaydi. Yomon narsalar haqida gapirish kerak. Bu normal. Krishtianu haqida gap ketganda material birinchi sahifada paydo bo‘ladi. Bu tabiiy, chunki men dunyodagi eng ko‘p obunachilarga egaman. Bu nafaqat mening chiroyli yuzim, balki boshqa hamma narsa uchun ham. Nima uchun Krishtianu dunyodagi eng ko‘p obunachilarga ega? Gollar, sovrinlar, oila va turmush tarzi tufayli. Odamlar menga nimanidir yoqtirishgani uchun ergashadi. Dunyoda hamma tanqid qiladi, bu men uchun muammo emas”, - deb o‘tdi Krishtianu intervyu davomida.

Krishtianu Ronaldu va Yevro—2024

Krishtianu Ronaldu, shuningdek, Yevro—2024dagi milliy terma jamoadagi o‘yini haqidagi tanqidlarga javob berdi. “Yevroda hamma meni qariganim haqida gapirdi. Nimaga bunday dedi odamlar, bilasizlarmi? Chunki men ushbu musobaqada gol urmadim. Biroq ungacha vatanim uchun qanday o‘ynadim? Saralashda 10 ta gol urdim, jamoani Yevropa chempionatiga olib chiqdim. Tanqidlar doim bo‘ladi. Biroq insonlar doim unutuvchan bo‘lishadi”, - dedi Ronaldu.

Saudiya futboli

Rio Ferdinand bilan suhbatda Saudiya Arabistoniga kelganidan keyin futbol rivoji haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Men Saudiya ligasi madaniyati haqida bilardim, chunki u yerda portugaliyalik do‘stlarim va murabbiylar bor. Albatta, agar siz mendan liga shunchalik tez o‘sadi deb o‘ylaganmisiz deb so‘rasangiz, javob yo‘q bo‘lardi. Lekin Saudiya chempionatida futbol men tufayli rivojlandi”, - deydi Ronaldu. Ronaldu 2023-yilda "An-Nasr" futbolchisiga aylangandi.

Futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarman

“Hali ham yaxshi ko‘rinishimni bilaman. Hozircha gol urish, raqiblarni aldab o‘tish va sakrash qobiliyatimni saqlab qolganligimni his qilyapman. Bu qobiliyatlarimni yo‘qotganimni sezgan zahotim, narsalarimni yig‘ishtirib, ketaman. Lekin bu payt hali uzoq. Maqtanchoq bo‘lib ko‘rinishni istamayman, ammo o‘tgan mavsumda 60 ta gol urganman. Endi esa menga Yevropa chempionatidagi beshta o‘yinda gol urmaganligimni aytishmoqda. Nima? Muammo nimada? Men futbol tarixidagi eng zo‘r to‘purarman. Yana shuni aytib o‘tay: mening barcha gollarim videoyozuvlarda mavjud, shuning uchun men ularni urganimni isbotlay olaman”, - dedi 39 yoshli hujumchi.

Picture background

Ronaldu Portugaliya bilan qanday xayrlashadi?

Bundan tashqari, Portugaliya termasi sardori milliy jamoa bilan qanday xayrlashishi haqida gapirdi. Men bizning ranglarimiz sha’nini himoya qilishdan g‘ururlanaman, bu orzu. Shu bois terma jamoani tark etar ekanman, hech kimni oldindan ogohlantirmayman, buni yaxshilab o‘ylab ko‘raman. Hozir terma jamoaga qo‘limdan kelganicha yordam bermoqchiman. Ayni paytda biror bir jamoaga murabbiy bo‘lish xayolimga kelgani yo‘q. Men kelajagimni bu yo‘nalishda ko‘rmayapman. Men o‘zimni futboldan tashqari boshqa ishlar bilan shug‘ullanayotganimni tasavvur qilaman, lekin kelajakni faqat Xudo biladi", – dedi Ronaldu.