$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Travmatologiya va ortopediya markazida robot jarrohligi joriy etiladi

travmatolog

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida joriy yilda qator yangiliklar joriy etilishi kutilmoqda. Muassasada “robot jarrohligi”ni yo‘lga qo‘yish, xususan, ushbu amaliyotni tizza bo‘g‘im kasalliklarini davolash jarayonida qo‘llash rejalashtirilgan.  

Bu amaliyot qanchalik ishonchli?

Markaz direktori Murod Irismetovning SSV matbuot xizmatiga ta’kidlashicha, mazkur yangilikning afzalliklari ko‘p bo‘lib, operatsiya o‘ta yuqori aniqlikda bajariladi. Jarayon xavfsizligi ta’minlanadi. Shifokorga inson tanasining eng murakkab qismlari hamda kasallikning eng og‘ir darajalarida ham erkin ishlash imkonini beradi.  

Natijada maxsus dastur yordamida murakkab amaliyotlar chog‘ida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xirurgik xatoliklarning oldi olinadi.  

Murakkab muolaja usullari tumanlarda ham joriy etilyapti

— Ilg‘or diagnostika va muolaja usullarini bosqichma-bosqich tumanlarda ham joriy qilishga kirishganmiz. Jumladan, shu yil davomida tuman (shahar) shifoxonalarida 2 ta yangi diagnostika va 8 ta davolash usuli amaliyotga tatbiq etiladi.  

Yurtimizning 48 ta tumani va 10 ta shahrida son suyagi distal oxiri siniqlarini retrograd BIOS qilish, chanoq-son va tizza bo‘g‘imlarini total endoprotezlash, son suyagi proksimal oxiri siniqlarini yangi modeldagi BIOS INTERTAN bilan osteosintezlash, butsimon boylamlar jarohatining artroskopik autoplastikasi, PRPterapiya, AO plastinalari bilan osteosintez qilish usullari o‘zlashtiriladi.

Natijada bemorlarning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab, xorijiy davlatlar yoki poytaxtimiz va viloyatlar markazlariga uzoq tumanlardan qatnovi 10 foizga kamayadi, - deyiladi xabarda.

Теги :
Salomatlik