$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Barqarorlik reytingida keskin o‘sish kuzatildi

positive

168 058 ta tadbirkorlik subyektlari “qoniqarli” va “o‘rta” toifalarga ko‘tarildi.

Prezident topshirig‘i

O‘tgan yilgi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va ularni rag‘batlantirish maqsadida Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etish vazifasi belgilangan.

Joriy yilning fevral oyidan tatbiq etilgan barqarorlik reytingi natijasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

O‘sish ko‘rsatkichlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi VMQ-467-son qarori bilan kiritilgan o‘zgarishlar natijasida quyi, qoniqarli va o‘rta reytingdagi tadbirkorlik subyektlarining keskin o‘sishiga erishildi, jumladan:

AAA, AA, A — 727 tadan 8 516 taga 

BBB, BB, B — 45 821 tadan 117 469 taga 

SSS, SS, S  — 211 052 tadan 289 113 taga yetdi.

Quyi D reytinga ega tadbirkorlik subyektlari soni esa 308 437 tadan 140 379 taga kamayib, 168 058 ta tadbirkorlik subyektlari "qoniqarli" va "o‘rta " toifalarga ko‘tarildi.

Qaytarilgan 323,4 mlrd.

Reytingning eng yuqori AAA toifadagi 187 ta tadbirkorlik subyektlariga QQS bo‘yicha ortiqcha to‘lovidan 323,4 mlrd so‘m mablag‘lar bir kun muddatda qo‘shimcha tekshiruvlarsiz qaytarib berildi.

Yil boshida holat qanday edi?

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingining 2024-yil 1-mart holatiga yuqori ‘AAA’ toifasida 25 ta eksportyor korxona mavjud bo‘lgan.

Теги :
Jamiyat