$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent shahar hokimligi: “Renovatsiya ishlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror aholi murojaatlari asosida qabul qilingan”

Renovatsiya

1-avgust kuni Toshkent shahar hokimi poytaxtning olti tumanida renovatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlarni imzolagandi. Qaror keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. Qarorga ko‘ra, ushbu hududlarda madaniy meros obyektlari ro‘yxati, buziladigan yoki ta’mirlanadigan turar va noturar joylar xatlovdan o‘tkaziladi. 

Renovatsiya o‘zi nima?

Renovatsiya — aholi uchun qulay yashash muhitini shakllantirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida, avariya holatidagi mavjud yaroqsiz deb topilgan, shu jumladan, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmalari eskirgan, ekspluatatsiya muddati o‘tgan, yaroqsiz holga kelgan turar va noturar joylarni hamda yaroqli turar va noturar joylarni zamonaviy talablariga muvofiq qayta qurish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilishga qaratilgan va amalga oshiriladigan intensiv qurilish tadbirlari majmui.

 Poytaxt hokimligi ma’lumot berdi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ayrim hududlarda renovatsiyalsh ishlari olib borilayotgani haqidagi ma’lumotlar katta jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi. Jamoatchilik faollarining fikricha, rejalashtirilgan ishlar shahar ekologiyasiga katta zarar yetkazadi.Toshkent hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, renovatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror aholining o‘z murojaatlari natijalariga ko‘ra, binolarning holati va boshqa obyektiv sabablarni hisobga olgan holda qabul qilingan.

Qarorda nimalar hisobga olinadi?

“Renovatsiya loyihasining maqsadi uy-joy fondini yangilash, avariya holatidagi uy-joylarning ommaviy paydo bo‘lishining oldini olish, hududlarni alohida ko‘p qavatli uylar kesimida emas, balki yaxlit rivojlantirish orqali fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilashdan iborat. Bunda binolarning avariyaviylik darajasi va xavfsizlik talablariga muvofiqligi, iqtisodiy va energetik samaradorligi, eskirgan ko‘rinishi va hududning umumiy me’moriy rivojlanishiga mos kelmasligi hisobga olinadi”, —deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, Renovatsiya ishlari faqat vakolatli tashkilotlar tomonidan avariya holati tasdiqlangan obyektlarda va faqat aholining roziligi bilan amalga oshiriladi. Madaniy yoki me’moriy meros obyektlari renovatsiya o‘tkazilishi yo‘l qo‘yilmaydi.

Yaroqsiz uylar umri

Hokimlik Toshkent shahridagi ayrim uylarning foydalanish muddati 50 yilni tashkil etishini eslatdi. Ko‘pgina hollarda, kapital ta’mirlash imkoniyati yo‘q, foydalanish muddati tugamoqda. Ta’mirlashga muhtoj bo‘lgan uylarning aksariyati allaqachon o‘z resurslarini tugatgan yoki kelgusi yillarda shaharsozlik standartlariga muvofiq yashash uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. “Renovatsiya dasturini talab qiladigan uylarning aksariyati o‘z umrini yashab bo‘lgan yoki yaqin yillarda shaharsozlik me’yorlari bo‘yicha yashashga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Binolarning texnik holati bilan bog‘liq xavf, ayniqsa, mamlakatimiz va umuman mintaqaning seysmikligiga ta’sir qiluvchi barqaror iqlim o‘zgarishi tufayli jiddiy tashvish uyg‘otadi”, - deyilgan xabarda.