Telekanallar namoyish etayotgan reklamalari yuzasidan ogohlantirildi
Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi yuzasidan barcha davlat va nodavlat telekanallariga ko‘rsatma xati yubordi.
1 daqiqa o‘qiladi

Ularga kamchiliklarni to‘g‘irlash uchun ma'lum vaqt berildi.
Reklama talablarining buzilishi
Oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari, xususan, telekanallar orqali reklamalarni tarqatishda qonunchilik talablari buzilishi holatlari ko‘zga tashlanmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Qo‘mita tomonidan raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlar ya'ni teleradiokanallarga ko‘rsatma xati yuborildi.
Kamchiliklarni to‘g‘irlash uchun muddat
Ko‘rsatmada telekanallar bir oylik muddatda reklamaga oid o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirishi va qayta ko‘rib chiqishi so‘ralgan.
Qat'iy choralar
Ushbu ko‘rsatma xati talabalaridan kelib chiqib, Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda sohaga oid monitoring tahlillari o‘tkazadi va o‘rganishlarda qonun buzilishi aniqlangan taqdirda, ushbu holatga yo‘l qo‘ygan subyektlarga nisbatan qat’iy ta’sirchan choralar, shu jumladan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishini ma’lum qilindi.



