Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +19° kechasi +9°

Sement zavodi insofsiz raqobat sodir etganlik uchun 4,9 mlrd. so‘m jarimaga tortildi

“Shangfeng-Bridge of Friendship” MCHJ QKga boshqa ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobat sodir etganligi yuzasidan qo‘zg‘atilgan ish natijalari ma'lum bo‘ldi.

2 daqiqa o‘qiladi

Sement zavodi insofsiz raqobat sodir etganlik uchun 4,9 mlrd. so‘m jarimaga tortildi

“Shangfeng-Bridge of Friendship” MCHJ QKga boshqa ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobat sodir etganligi yuzasidan qo‘zg‘atilgan ish natijalari ma'lum bo‘ldi.

Qonunbuzarlik holati

Ishni ko‘rib chiqish natijasida joriy yilning mart-iyul oylarida birja savdolari orqali sotilishi kerak bo‘lgan jami 122,7 ming tonna sement mahsuloti belgilangan talablarga zid ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida realizatsiya qilinganligi aniqlandi.

Bunda jami 2,7 ming tonna sement mahsuloti o‘rtacha hisoblangan birja kotirovkasidan yuqori narxlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri realizatsiya qilinganligi natijasida 81,1 mln. so‘m asossiz ravishda daromad olingan va boshqa sement ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobatni sodir etganligi aniqlandi. 

Moliyaviy jarima

Mazkur holatlar yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan "Shangfeng-Bridge of Friendship" MCHJga nisbatan raqobatga zid harakatlarni, xususan raqobatchilarga nisbatan insofsiz raqobatni amalga oshirganligi, ya'ni demping harakatlari va birja savdolarini o‘tkazish chog‘ida raqobatni cheklaydigan harakatlarni sodir etganligi sababli belgilangan tartibida 4,9 mlrd. so‘m miqdorda moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Majburiy ko‘rsatmalar

Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan birgalikda, MCHJ tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi sement mahsulotini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga asosan realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini hisoblash bo‘yicha to‘plangan hujjatlar soliq organiga yuborildi.