$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Hokim yordamchilari tomonidan berilgan kreditlarning o‘rtacha 7,9 foizi qaytarilmaydi

Kambag‘allik qisqarishi

Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida spikerlar tomonidan odatda rasman e’lon qilinmaydigan qiziq raqamlar aytib o‘tildi. Jumladan, iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Xakimov kambag‘allik masalasidagi ayrim raqamlarni ochiqladi.

Mehnatga layoqatli aholining 41 foizi norasmiy ravishda band

Unda keltirilishicha, 2019-yil oxirida O‘zbekistonning aholi jon boshiga yalpi ichki mahsuloti 1800 dollarni, aholi soni esa 34 mln. kishini tashkil etgan. 2020-yil oxiriga kelib, 6 mln.ga yaqin odam kambag‘allik chegarasidan tashqarida yashagan.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mehnatga layoqatli aholining 41 foizi norasmiy ravishda band.

Nafaqa oluvchi oilalar

Agar 2017-yilda nafaqa oluvchi oilalar soni 500 ming atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib ularning soni 2,3 mln.ga yetdi. 2018-2023-yillarda ijtimoiy xarajatlar sezilarli darajada – 3,7 baravarga ko‘paygan. Shuningdek, o‘rtacha ish haqining real o‘sishi 47 foizni tashkil etdi, bu aholining moliyaviy barqarorligi yaxshilandi.

Shuningdek, 3-6 yoshdagi bolalarni bog‘chalari bilan qamrab olish darajasi 25 foizdan 70 foizga oshdi. Oliy o‘quv yurtlari talabalari soni esa 9 foizdan 40 foizga yetgan.

Kambag‘allik sabablari qisqarishi

Keltirilishicha, 424 ming fuqarolar ish bilan ta’minlangan, ularning 23 foizi daromad darajasi past bo‘lgan oilalar a’zolaridir. Ish yo‘qligi kambag‘allik sababi sifatida 31 foizdan 24 foizgacha pasaygan. Shu bilan birga, kasb va ma’lumotning yo‘qligi kambag‘allik sababi sifatida 36 foizdan 18 foizga kamaydi. Bundan tashqari Oilada nogironlarning mavjudligi kambag‘allik sababi sifatida 18 foizdan 9 foizga kamaydi.

Qaytarilmaydigan kreditlar

Hokim yordamchilari tomonidan berilgan kreditlarning o‘rtacha 7,9 foizi qaytarilmaydigan kreditlar. Ushbu toifadagi qaytarilmaydigan kreditlarning dinamikasi (o‘sishi, qisqarishi) ochiqlanmagan. Obid Hakimovning qayd etishicha, Kredit o‘rtacha hajmining 1 foizga oshishi 1000 aholiga to‘g‘ri keladigan muammoli (ishlamaydigan) kreditlarning 0,25 foizga o‘sishiga olib keladi.

Qaytarilmaydigan kreditlar nima?

Ma’lumot uchun, qaytarilmaydigan kreditlar bu NPL yoki 9-standart bo‘yicha qadrsizlangan kreditlar emas. Balki, qaytarilmaydigan deya umidsiz, ya’ni qaytmasligidan dalolat beruvchi omillar yoki alomatlar mavjud bo‘lgan hamda qaytmaydigan yoki qiymati juda pastligi tufayli hisobini balansda aktiv sifatida yuritilishi maqsadga muvofiq emas deb topilgan kreditlar nazarda tutilmoqda.

NPL ulushi ikki xonali ekani ehtimoli yuqori

Agar hokim yordamchilari tomonidan berilgan kreditlarning o‘rtacha qaytarilmaydigan kreditlar 7,9 foizni tashkil etsa, unda NPL ulushi ikki xonali ekani ehtimoli yuqori, deb yozmoqda bloger Otabek Bakirov.

Markaziy bank oilaviy tadbirkorlikka ajratilgan kreditlar bo‘yicha muammoli kreditlar ulushi va hajmini alohida ko‘rsatmay keladi. Norasmiy hisoblarga ko‘ra, ushbu toifadagi kreditlar bo‘yicha NPL 20 foiz atrofida.

“Kambag‘allikni qisqartirish vositalaridan biri sifatida kambag‘al oila vakillarini tadbirkorga aylantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi iqtisodiy samarasizligi, yuqori korrupsiogenligi va qimmat ma’muriyatchiligi sababli tanqid qilib kelinadi”, – deb yozadi bloger.

Теги :
Жамият