$
 12705.79
59.23
 14704.41
243.07
 159.20
-1.68
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

2030-yilgacha O‘zbekistonda har uchta mashinaning biri elektromobil bo‘lishi mumkin — BCG

Electrocars

Boston Consulting Group (BCG) tahlillariga ko‘ra, 2030 yilga borib O‘zbekistonda avtomobil bozori har yili o‘rtacha 6 foizga o‘sib boradi.

Kelgusi yillardagi asosiy yo‘nalishlar

Tahlillarda yaqin 3–5 yil ichida bozorda quyidagi asosiy tendensiyalar ustun bo‘lishi aytilmoqda:

  • elektromobillar va gibrid mashinalarga bo‘lgan talab keskin oshadi;
  • premium toifadagi avtomobillarga bo‘lgan qiziqish kuchayadi;
  • krossover va SUV modellari o‘z mashhurligini saqlab qoladi.

Yillar davomida avtomobil bozori asosan taklifga asoslangan bo‘lgan bo‘lsa, hozirda u bosqichma-bosqich talab asosida shakllanayotgan modelga o‘tyapti. Raqobat kuchayayotgani esa ishlab chiqaruvchilar, dilerlar, banklar, texnologik hamkorlar va davlat idoralari o‘rtasida yanada yaqin hamkorlikni talab qiladi.

Elektromobillarning joriy holati

Bugungi kunda elektromobillar O‘zbekiston avtomobil bozorida taxminan 10 foiz ulushni tashkil qiladi. Bu hali nisbatan kam ko‘rsatkich bo‘lsa-da, BCG ekspertlariga ko‘ra, yaqin yillarda bu raqam 20–30 foizgacha yetishi mumkin.

Elektromobillarning xarajat jihatdan afzalligi yaqqol ko‘rinmoqda. Ularning umumiy egallik xarajatlari (ya’ni xarid, ekspluatatsiya va servis xarajatlari) benzinga yuradigan mashinalarnikiga qaraganda pastroq. Buning asosiy sabablari sifatida O‘zbekistonda elektr energiyasi narxi nisbatan arzonlig, elektromobillar uchun bojxona imtiyozlari mavjudligi korsatilmoqda. Ya’ni xaridor elektromobilni sotib olayotganda nafaqat ekologik, balki iqtisodiy jihatdan ham foyda ko‘radi.

Uy sharoitida quvvatlash imkoniyati

O‘zbekistonda aholining taxminan 70 foizi xususiy uy-joylarda yashaydi. Bu esa ularga elektromobillarni tun davomida uyda qulay tarzda quvvatlash imkonini beradi. Shahar infratuzilmasida ham asta-sekin quvvatlash shoxobchalari soni ko‘paymoqda. BCG hisob-kitoblariga asoslanib aytish mumkinki, O‘zbekiston avtomobil bozorida elektromobillar tez orada sezilarli o‘ringa ega bo‘ladi. Aholining yashash tarzi, infratuzilma imkoniyatlari va hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlovlar bu jarayonni tezlashtiradi. Hatto 2030-yilga borib, har uchta yangi sotilayotgan avtomobilning biri elektromobil bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas.

Теги :
Avto