$
 12741.76
26.69
 14035.05
-6.2
 139.85
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda noqonuniy o‘qotar bo‘lmagan qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikka tortilmaydi

positive

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi norma kiritildi. Bu haqida huquqiy axborot Telegram kanalida xabar berildi.

Kiritilgan o‘zgarish

O‘zbekistonda o‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikka tortilmaydi. Bu bo‘yicha prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritildi.

Hujjatga ko‘ra, shaxs o‘zining qonunga xilof egaligida bo‘lgan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish quroli va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirsa ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

O‘qotar va o‘qotar bo‘lmagan qurollar

Pnevmatik, uloqtirish, signal beruvchi quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish, shuningdek tig‘li sovuq quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish — qurolni va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

“Ilgari bunday norma mavjud emas edi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi”, — deyiladi xabarda.

Теги :
Жамият