$
 12825.01
12.71
 13552.19
19.84
 128.62
0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Quloqchinlarda me’yoridan ortiq musiqa eshitish depressiyaga olib kelishi mumkin

quloqchin

Olimlar uzoq vaqt mobaynida quloqchinlardan foydalanishning miya va umumiy sog‘liqqa zarari haqida ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazgan. Bu uskunalarda yuqori detsibeldagi ovozlarni tinglash nainki eshitish qobiliyatiga, balki markaziy nerv tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Quloqchinda kop musiqa eshitish nevroz va uyqusizlikni keltirib chiqaradi

Ma’lumki, miyaga doimiy ovoz signali tushib turishi neyronlarning normal ishlashini qiyinlashtiradi. Bu esa diqqatning pasayishi, miya charchog‘i va kun davomida ortiqcha og‘riqlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda uzoq muddatli foydalanish miyaning ma’lum funksiyalariga qaytarib bo‘lmaydigan zarar yetkazishi ehtimolga yaqin. Masalan, kuchli detsibeldagi ovozlar va shovqinlarning muntazam ta’siri nevroz, uyqusizlik, va hatto depressiyaga olib kelishi mumkin.

Zamonaviy aktiv shovqinni to‘xtatuvchi naushniklar atrof-muhit ovozlarini ajratish qobiliyatini susaytirishi mumkin

Tadqiqotda shu ma’lum bo‘ldiki, eng ko‘p zarar keltiruvchi turlardan biri bu — ichki quloqqa juda yaqin kanallarning ichiga kiradigan quloqchinlar. Ularning yaqinligi ovoz bosimini oshiradi va quloqning ichidagi sezuvchan to‘qimalarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun quloqchinlardan foydalanishda ovoz balandigini 60% darajada saqlash va kun davomida umumiy tinglash vaqtini 4 soatdan oshirmaslik tavsiya etiladi.

Shuning bilan birga, zamonaviy aktiv shovqinni to‘xtatuvchi (ANC) simli naushniklar ham diqqatni kamaytirishi va atrof-muhit ovozlarini ajratish qobiliyatini susaytirishi mumkin. Bu miyaning tabiiy atrof-muhit bilan aloqasini susaytirishga olib keladi.