Yakshanba, 25-oktabr, 2026
Havo 77 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +6° kechasi +6°

Namanganda qasddan odam oʻldirgan shaxs qidirilmoqda

Ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda qasddan odam oʻldirgan shaxs qidirilmoqda

Namangan viloyatida qasddan odam o‘ldirib, ichki ishlar xodimlaridan yashirinib yurgan erkak qidirilmoqda. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi. 

Bu shaxs kim?

Ma’lum qilinishicha, Shermat Jo‘rayev 1964-yilda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 

U Jinoyat kodeksining 97-modda, 2-qismida (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan yashirinib yurgani uchun qidirilmoqda. 

Qayerga murojaat qilish kerak?

Ushbu shaxs haqida biron-bir ma’lumotga ega fuqarolardan zudlik bilan 102 yoki 71-231-34-33, 97-273-11-01 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘raldi. 

Ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.