Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +22° kechasi +9°

Raqamli inqilob: Lex.uzda matnlarni tinglash imkoniyati ishga tushirildi

Shu bilan birga, tarjima dasturlarini integratsiya qilish orqali sun’iy intellekt imkoniyatlaridan kelib chiqib, hujjatlarni ingliz, rus va boshqa xorijiy tillarga onlayn tarjima qilish imkoniyati ham mavjud.

1 daqiqa o‘qiladi

Raqamli inqilob: Lex.uzda matnlarni tinglash imkoniyati ishga tushirildi

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Lex.uzda matnlarni tinglash funksiyasini ishga tushirdi.

O‘zbek tili modeli asosida yaratilgan

Foydalanuvchilar uchun qulaylik va yengilliklar yaratish maqsadida ushbu funksiya milliy qonunchilik bazasiga qo‘shildi. Endilikda Lex.uz saytida matn va hujjatlarni tinglash imkoniyati mavjud.

Bunga o‘zbek tili modeli asosida yaratilgan sun’iy intellekt imkoniyatlari yordam beradi.

Ishga tushirish yo‘riqnomasi

Ovozli eshitish imkoniyatidan foydalanish uchun hujjat matni o‘ng tarafidagi uch nuqta orqali “Audioni tinglash” tugmasini tanlashning o‘zi kifoya. Ushbu funksiya endigina ishga tushirilgani uchun hujjatni o‘qishda xatolik kuzatilishi mumkin. Bunday taqdirda hujjat matni o‘ng tarafidagi uch nuqta orqali “Hujjatga taklif yuborish” tugmasini bosib, taklif turidan texnik xatolikni tanlagan holda xato va kamchilik haqda markazni ogohlantirish mumkin.

Ovozli qidiruv yordamida topish imkoniyati

Shu bilan birga, tarjima dasturlarini integratsiya qilish orqali sun’iy intellekt imkoniyatlaridan kelib chiqib, hujjatlarni ingliz, rus va boshqa xorijiy tillarga onlayn tarjima qilish imkoniyati ham mavjud. Bunda tarjima sifatini baholash tugmasidan foydalanib, sifatni yanada oshirishga hissa qo‘shish mumkin.

Xabar berilishicha, yaqin kunlarda hujjatlarni ovozli qidiruv yordamida topish va tinglash mumkin bo‘ladi.