Qurilish korxonalarining soliqdan qarzdorligi 1 trillion so‘mdan oshdi
Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlarida Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 1-avgust holatiga ko‘ra soliq qarzi 100 mln. so‘mdan yuqori bo‘lgan O‘zbekistondagi qurilish korxonalari soni 963 tani tashkil qiladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Eng ko‘p qarzdorligi mavjud korxonalar
Mazkur korxonalarning jami qarzi 1 trillion 136 milliard so‘mni tashkil qiladi.
Shundan 428 milliard so‘mi, ya’ni 37,7 foizi soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Bular quyidagi qurilish korxonalari:
- “Ko‘prikqurilish” — 69,4 mlrd. so‘m;
- “Odil-Xamza” — 58,2 mlrd. so‘m;
- “Ta’mirlash Qurilish Servis” — 51,6 mlrd. so‘m;
- “Zamonaviy Qurilish Plitkalari” — 45,3 mlrd. so‘m;
- DM Enter Engineering Pte Ltd — 43,5 mlrd. so‘m;
- Eriell Dmcc-Jp Bureniye — 38,9 mlrd. so‘m;
- Enter Engineering Pte Ltd DM — 37,1 mlrd. so‘m;
- “Aziya Invest Favorit” — 29,3 mlrd. so‘m;
- Grand Road Tashkent — 28,7 mlrd. so‘m;
- Eriell Ofsme Dmcc-Akchalak — 26,1 mlrd. so‘m.

Korxonalarning soliq qarzdorligi hududlar kesimida
Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari quyidagicha:
- Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI — 404,9 mlrd. so‘m;
- Toshkent shahri — 310,8 mlrd. so‘m;
- Andijon viloyati — 81,9 mlrd. so‘m.



