$
 12681.79
-18.31
 14023.52
-91.37
 140.11
-1.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy Osiyo mamlakatlarining davlat qarzi qancha?

central asia asiaa

Joriy yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston davlat qarzi qoldig‘i 34,9 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan 29,6 milliard dollari tashqi, 5,3 milliard dollari ichki qarz hisoblanadi. Respublika Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida davlat qarzi miqdori bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan.

Qarzlar miqdori

2024-yil 1-yanvar holatiga Qozog‘iston davlat qarzi 105 milliard dollarni tashkil etgan. Qirg‘iziston davlat qarzi esa 6 milliard dollar, Turkmanistonniki 4,5 milliard dollar, Tojikistonga tegishli davlat qarzdorligi 3,6 milliard dollar.

Markaziy Osiyo davlatlarining strategik hujjatlarida davlat qarzi darajasining maksimal chegaralari ko‘rsatilgan. Xususan, Qozog‘iston davlat qarzi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 27 foizidan oshmasligi belgilangan. Shu bilan birga, Qirg‘izistonda davlat qarzi miqdorini YIMning 70 foizidan, Tojikiston va O‘zbekistonda esa 60 foizidan oshirmaslik ko‘zda tutilgan. 

Davlatlarning YaIM hajmi

2023-yilda Markaziy Osiyo davlatlari yalpi ichki mahsulotlari hajmi quyidagi hajmlarni tashkil etgan:

Qozog‘iston — 259,3 milliard dollar;

O‘zbekiston — 101,6 milliard dollar;

Turkmaniston — 81,8 milliard dollar;

Qirg‘iziston — 12,6 milliard dollar;

Tojikiston — 10,8 milliard dollar.

Moliya vazirligi tahlili

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tahliliga qaraganda, O‘zbekiston davlat qarzi 2024-yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 37 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 2025-yilga borib bu ko‘rsatkich 37,4 foizga, 2026-yilda 37,9 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilingan.

Davlat qarzi nima?

Davlat qarzi — davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat oʻz daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo boʻladi va u qarz koʻtarish yoʻli bilan qoplanadi. Davlat qarzni turli qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va boshqa usullar bilan oladi. Investiitsiya davlat qarzi deb hisoblanmaydi.

Qarzlar nimalarga sarflangan?

Oʻzbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2023-yil 1-yanvarda 29,2 milliard dollarni tashkil etgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi eʼlon qilgan davlat qarzi holati va dinamikasi sharhida maʼlumot berilgan.

Shuningdek, sharhda O‘zbekistonning 2022-yil yakuni bo‘yicha jami davlat tashqi qarzidan (29,2 mlrd dollar) 33,4 foizi yoki 8,6 mlrd dollari davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgani ko‘rsatilgan.

Jami qarzlarning 11,6 foizi yoki 3 mlrd dollari elektr energetika sanoatiga, 10,9 foizi (2,84 mlrd dollar) energetika sanoatiga, 9,8 foizi (2,54 mlrd dollar) qishloq va suv xo‘jaligiga, 9,7 foizi (2,51 mlrd dollar) transport va transport infratuzilmasiga sarflangan.

Shu bilan birga, qarzlardan 8,9 foizi (2,3 mlrd dollar) uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Теги :
Жамият