$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyodagi eng kambag‘al mamlakatlar qaysi?

mamlakat

Dunyoning yigirmadan ortiq eng kambag‘al mamlakati “2006-yildan buyon eng yuqori qarz miqdoriga ega”. Jahon banki tegishli hisobotni eʼlon qildi.

YIMning o‘rtacha 72 foizi

Qashshoq davlatlar yalpi ichki mahsulotida xalqaro yordamning ulushi 20 yil ichidagi eng past darajaga tushdi, “bu esa ularning ko‘pchiligini noqulay shartlar asosida moliyalashtirishga majbur qilmoqda.” Natijada, ularning davlat qarzi aholi jon boshiga o‘rtacha yillik daromadi 1145 dollarni tashkil etgan holda, YIMning o‘rtacha 72 foiziga yetgan.

Hisobotda taʼkidlanishicha, dunyoning qolgan mamlakatlari iqtisodiyoti “sezilarli darajada tiklangan” bo‘lsada, bugungi kunda 26 ta eng kambag‘al davlatning iqtisodiy ko‘rsatkichlari COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan oldingi darajadan pastligicha qolmoqda.

Qashshoq mamlakatlar uchun eng yirik donor

Hozirgi kunda Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) xorijdagi eng kambag‘al mamlakatlar uchun arzon moliyalashtirishning yagona va eng yirik manbai bo‘lib qolmoqda. U deyarli nol foizli stavkada grantlar va kreditlar taqdim etadi, bular “26 ta eng kambag‘al mamlakatlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega” hisoblanadi.

“XTA ish o‘rinlari yaratish va bolalar taʼlimini qo‘llab-quvvatladi, sog‘liqni saqlashni yaxshilash ustida ishladi, ko‘plab odamlarni elektr energiyasi va xavfsiz ichimlik suvi bilan taʼminladi”, deydi Jahon banki guruhining bosh iqtisodchisi va rivojlanish iqtisodiyoti bo‘yicha vitse-prezidenti Indermit Gill.

Past daromadli mamlakatlar o‘ziga yordam berishi kerak

Jahon banki bosh iqtisodchisi o‘rinbosari va Istiqbollar guruhi direktori Ayxan Kose, o‘z navbatida, past daromadli mamlakatlar o‘zlariga yordam berishi kerak va bunga qodir ekanini taʼkidlaydi: soliq bazasini kengaytirish yoki davlat xarajatlari samaradorligini oshirish orqali.

 

ʼʼBiroq, bu mamlakatlarga chet eldan yanada kuchliroq yordam zarur bu ham savdo va investitsiyalar sohasida keng qamrovli xalqaro hamkorlik shaklida, ham XTAning ko‘proq qo‘llab-quvvatlovi ko‘rinishida bo‘lishi kerakʼʼ, deydi u. 

Jahon bankining tahlili bunday mamlakatlar rivojlanayotganlarga nisbatan tabiiy ofatlarga ko‘proq zaif ekanini aniqladi. O‘rtacha hisobda, 2011–2023-yillar oralig‘ida ulardagi falokatlar har yili yalpi ichki mahsulotning 2 foizi miqdorida yo‘qotishlarga olib kelgan. Bu ko‘rsatkich daromadi o‘rtachadan past bo‘lgan davlatlarga nisbatan 5 barobar yuqoridir.

Dunyoning eng kambag‘al mamlakatlari

Eng past daromadlilar ro‘yxati 26 ta mamlakatni o‘z ichiga oladi:

  • Afg‘oniston
  • Burundi
  • Burkina-Faso
  • Markaziy Afrika Respublikasi
  • Kongo Demokratik Respublikasi
  • Eritreya
  • Efiopiya
  • Gambiya
  • Gvineya-Bisau
  • Liberiya
  • Madagaskar
  • Mali
  • Mozambik
  • Malavi
  • Niger
  • KXDR (Koreya Xalq Demokratik Respublikasi)
  • Ruanda
  • Sudan
  • Syerra-Leone
  • Somali
  • Janubiy Sudan
  • Suriya
  • Chad
  • Togo
  • Uganda
  • Yaman
Теги :
Jamiyat