$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Shu kunlarda Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarilgan qarovsiz bolalar soni 31 nafarga yetdi

Qarovsiz bolalar

Shu kunlarda Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar bermoqda.

RF Bolalar ombudsmanidan yuborilgan so‘rov

Xabarda ta’kidlanishicha, bolalar ombudsmani o‘zining xorijiy hamkasbi - Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani M.Lvova-Belovaga yuborgan so‘rovida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilayotgani, O‘zbekiston mas’ul idoralari vakillari tomonidan bolalarni vatanga qaytarilgunga qadar, ularni hozirda Rossiyada yashab turgan hududlaridagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirilishida tezkor amaliy yordam so‘ragan.

O‘zbekiston Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, Rossiya Bolalar ombudsmanining tezkor choralari natijasida mazkur masalada zarur ko‘mak ko‘rsatildi va ular joylashgan hududlarda bolalar uchun qulay va munosib shart-sharoit ta’minlandi.

Shu kunlarda 31 nafar qarovsiz bola O‘zbekistonga qaytarildi

25-avgust kuni 9 nafar bola, bundan avval 22 nafar bola (13 nafari - Sankt-Peterburg shahridan, 9 nafari - Moskva shahridan, 8 nafari - Novosibirsk shahridan, 1 nafari - Qozon shahridan olib kelingan) Ichki ishlar vazirligi vakillari hamrohligida qaytarildi.

“Fursatdan foydalanib, Bolalar ombudsmani bola manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi tezkor hamkorligi uchun RF Bolalar ombudsmaniga o‘z minnatdorligini bildiradi va o‘zaro konstruktiv hamkorligini davom ettiradi”, – deyiladi ombudsman xabarida.

Теги :
Jamiyat