Rossiyada qarovsiz qolgan 8 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Ular har xil viloyatlardan Sibir markaziga to‘plangan.
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 8 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ular Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlaridan to‘plangan.
Bolalar 14 yoshgacha bo‘lgan kattalikda
Ma’lum qilinishicha, 14-avgust kuni Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bir guruh O‘zbekiston bolalari vatanga qaytarildi.
Bosh konsulxona ko‘magida Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlarida qarovsiz qolgan 14 yoshgacha bo‘lgan 8 nafar bola Sibir markaziga to‘plangan.
Konsulxona ularni issiq ovqat bilan ta’minlagan
Shuningdek, konsulxona Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni imkon qadar tezroq olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan va bolalarni issiq ovqat bilan ta’minlagan.
Ayni paytda ota-onasi turli sabablarga ko‘ra ularning tarbiyasida ishtirok eta olmagan bolalar O‘zbekistonga sog‘-salomat yetib kelgan.
Ma’lumot uchun, avvalroq Voyaga yetmaganlar markazlarida yashayotgan 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarilgandi. Ular ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga topshirilishi lozim.



