$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Agarda Putin o‘lsa nima bo‘ladi?

Putin

”Система” loyihasi vakillari Rossiyada hokimiyat o‘zgarishi variantlari va Putinning ehtimoliy vorislari yuzasidan ekspert so‘rovi o‘tkazishdi. ”Система” loyihasi tomonidan o‘tkazilgan ekspert so‘rovi Rossiyada hokimiyat o‘zgarishining bir nechta asosiy ssenariylarni aniqladi. Ko‘pgina mutaxassislar Vladimir Putinning o‘limi yoki kasalligi natijasida rejim o‘zgarishini eng yuqori ehtimoliy variant deb bilishadi. So‘rovning deyarli barcha ishtirokchilari ushbu ssenariyni asosiy varoiant sifatida ko‘rishgan bo‘lsa, 42 mutaxassisdan sakkiztasi buni “yagona mumkin variant” deb atashgan. 23 ta ekspert ehtimoliy variantlar orasidan “saroy/elita ichidagi to‘ntarish” sababini keltirishgan. Ulardan ba’zilari bu variantni hokimiyatni o‘zgartirishning yagona real usuli deb bilishadi. Bu tadqiqotdan ilhomlanib, "patriarxning vafoti"dan keyin nimalar bo‘lishiga qiziqib ko‘rdik.  

Hokimiyatni o‘zgartirishning yagona real usuli

Keling, avval yuqoridagi so‘rovga e’tibor qaratamiz. Unda 23 ta ekspert ehtimoliy variantlarga “saroy/elita ichidagi to‘ntarish” bo‘lishini taxmin qilishgan. Ulardan ba’zilari bu variantni hokimiyatni o‘zgartirishning yagona real usuli deb bilishadi. Inqilob yoki fuqarolar urushi yoxud Putinning harbiy mag‘lubiyati kabi siyosiy notinchliklar natijasida hokimyat o‘zgarishiga respondentlarning oz qismi ishonishgan. Kanadalik tarixchi Yan Garner Rossiyada hokimiyat o‘zgarishini zo‘ravonlik bilan amalga oshirish mumkin emas deb hisoblaydi va ehtimoliy to‘ntarishni kutilmagan odam boshlashi mumkinligini ta’kidlagan. Ayni vaqtda, mutaxassislardan biri, AES halokati yoki Xitoy iqtisodiyotining qulashi kabi kutilmagan hodisalar tufayli personallashtirilgan tuzumning yiqilishini taxmin qildi. Boshqa bir respondent Putinning kasalligi uning hokimiyatdan voz kechishiga yoki “yumshoq” to‘ntarishga olib kelishiga sabab bo‘ladigan ssenariyni qayd etdi. Ajablanarlisi, so‘rovda “adolatli raqobatbardosh saylovlar natijasida hokimiyatni o‘zgartirish” varianti taklif qilinmagan. 

Ehtimoliy vorislar

So‘rovda ishtirok etgan mutaxassislar, shuningdek, Putinning mumkin bo‘lgan vorislarini ikkita ssenariy asosida ko‘rib chiqadilar. Ular quyidagicha:

a) Agar asosiy nomzodni Putin tanlasa:

  1. Bosh vazir Mixail Mishustin (19 ovoz);
  2. Prezidentning yordamchisi Aleksey Dyumin (18 ovoz);
  3. Moskva meri Sergey Sobyanin (13 ovoz)
  4. Yekaterina Tixonova yoki Mariya Vorontsova (Putinning qizlari) (3 ovoz);

b) Agar Putin voris tanlashda ishtirok etmasa:

  1. Mixail Mishustin (35 ovoz)
  2. Sergey Sobyanin (27 ovoz)
  3. Nikolay Patrushev, Dmitriy Medvedev, Andrey Belousov, Aleksey Dyumin, Dmitriy Patrushev (5-7 ovoz)

Rejimning zaiflashishi 

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Rossiya hokimiyatining kelajagini bashorat qilish va ma’lum bir vorisni aniqlash deyarli imkonsiz. Siyosatshunos Sergey Sanovichning aytishicha, hokimiyat o‘zgarishi 2036-yilgacha sodir bo‘lmasligi mumkin hamda Putin o‘zi yosh, shu bilan birga, ambitsiyalarga ega haqiqiy vorisni tayinlaydi. Ukrainalik siyosatshunos Vladimir Fesenko rejimning zaiflashishi Putinning tabiiy qarishi natijasida yuzaga kelishini ilgari surgan. 

Rossiya ichki siyosati

2024-yil oktyabr oyida Putin 72 yoshga to‘ladi. Shu o‘rinda butun dunyoni qiziqtirgan savolga sun’iy intellekt yordamida javob izlashga urinib ko‘rdik. Uning ta’kidlashicha, Vladimir Putinning o‘limi dunyoda keng ko‘lamli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Rossiyada hokimiyat uchun kurash kuchayadi. Hokimiyat almashinuvi Rossiyada qisqa muddatli siyosiy beqarorlikka olib kelishi mumkin. Bu iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni kuchaytiradi.

Xalqaro munosabatlar va xavfsizlik

Putin o‘limi G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zgartirishi mumkin. Yangi rahbar bilan muloqot hamda kelishuvlar uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Rossiya ta’siri ostidagi post-sovet mamlakatlarida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu davlatlarda siyosiy yo‘nalishlar, ittifoqlar qayta ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Putin o‘limi global xavfsizlikka ta’sir qilishi ehtimoli ham yuqori. NATO va boshqa harbiy ittifoqlar Rossiya bilan bo‘lgan strategiyasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Rossiya yadro qurollarining boshqaruvi yangi rahbarga o‘tadi. Bu esa global xavfsizlik hamda yadro qurollari bo‘yicha kelishuvlarga ta’sir qilish ehtimoli juda yuqori. 

Energetika, neft bozorlari va geosiyosiy ta’sirlar

Rossiya dunyoning yirik neft va gaz eksport qiluvchisi bo‘lgani sababli, Putinning o‘limi bu bozorlarga ta’sir qilishi aniq. Narxlar va yetkazib berish zanjirlarida o‘zgarishlar yuz berishi kutiladi. Yangi rahbar kim bo‘lishiga qarab, Rossiya yangi geosiyosiy ittifoqlar va strategiyalarni tanlashi mumkin. Bu esa dunyo xaritasidagi kuch taqsimotiga ta’sir qilishi aniq. Putin o‘limi, shubhasiz, dunyo siyosiy manzarasiga katta ta’sir ko‘rsatadi va ko‘plab o‘zgarishlarga olib keladi. Bu o‘zgarishlar qanday bo‘lishi va qaysi yo‘nalishda rivojlanishi yangi rahbariyatning siyosiy qarorlari va xalqaro munosabatlarga bog‘liq bo‘ladi.