$
 12917.10
-48.24
 14460.69
-64.38
 160.14
-1.2
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Yana chipta narxlari oshadi

Poyezd

1-iyuldan boshlab mahalliy yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlar — “Nasaf”, “Sharq”, “Oʻzbekiston” poyezdlari chipta narxlari tarif qismi 25 foizgacha oshirishilishi ma’lum qilindi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati xabar qildi.

Bu qanday boʻladi?

Misol tariqasida, 12, 4-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi avvalgi narxlari:

ekonom — 150 600, biznes 218 244 so‘m. Hozirgi narx: ekonom — 178 250, biznes — 262 805 so’mni tashkil qilmoqda.

Narxlar nega oshirilmoqda?

Yo`lovchi poyezdlarda qo‘shimcha servis xizmatlarini joriy etish, yanada rivojlantirish, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, modernizatsiya qilish, yangi elektropoyezdlar xarid qilish, vokzallarni zamon talablariga moslashtirishni hisobga olgan holda narxlar oshirilmoqda.

Bundan tashqari, joriy yilning 20-yanvaridan boshlab “Afrosiyob” elektropoyezdlari, “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” tezyurar poyezdlarining chipta narxlari ham 20 foizga oshirilgandi.

Теги :
Jamiyat