$
 12374.55
-48.35
 14425.01
-32.76
 153.13
-1.17
weather
+26
Кечаси   +14°

Kambag‘allik omillarini o‘rganishda oilalar 3 toifaga ajratiladi

positive

Bundan tashqari kambag‘allikni qisqartirishga hissa qo‘shgan tadbirkorlarga ham imtiyozlar ajratiladi.

Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish tizimi bilan tanishdi

2020-yildan buyon kambag‘allik darajasi 17 foizdan 11 foizga tushdi. Kelgusi uch yilda kambag‘allik darajasini 11 foizdan 7 foizga qisqartirish maqsad qilingan.

Kambag‘allik omillarini o‘rganish uchun ijtimoiy himoya va bandlik masalalarida 8 ta yo‘nalishda yagona savolnoma ishlab chiqiladi. Shu asosida oilalarning imkoniyatlari baholanib, 3 ta toifaga ajratiladi. Har bir oilaga individual yondashilib, “oyoqqa turishi”ga ko‘maklashiladi.

Hokim yordamchilari faoliyati va tadbirkorlarga imtiyozlar

Endi hokim yordamchilarining faoliyatini qayta ko‘rib chiqilib, asosiy e’tibor kambag‘allikni qisqartirish va ular bandligini ta’minlashga qaratiladi.

Ish o‘rinlarini zaxiralash amaliyoti o‘rniga ehtiyojmand kishilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi. Bo‘sh ish o‘rinlari to‘liq raqamlashtiriladi. Buyurtmachini kasanachi va frilanserga bog‘laydigan onlayn platforma tashkil qilinadi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”

 Kambag‘allikni aniqlash mezonlari va manzilli ro‘yxati shakllantiriladi. Unga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dagi hamda kambag‘allikka tushish xavfi yuqori bo‘lganlar kiritiladi.

Bunday oilalar “mahalla yettiligi” va faollari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlanadi. 

Kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan barcha ijtimoiy xizmat va yordamlar “Inson” markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Теги :
Jamiyat