$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

“Do‘stlik”, “Uchqo‘rg‘on” va “O‘zbekiston” chegara bojxona postlarida transport harakati vaqtincha to‘xtatildi

Do

Farg‘ona viloyatidagi “O‘zbekiston”, Namangan viloyatidagi “Uchqo‘rg‘on” va Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postlari harakatlanuvchi tashuvchilar va haydovchilar uchun vaqtincha yopildi.

Sabab qo‘shni tomonda

Qayd etilishicha, Qirg‘izistonning “Qizil-Qiya” chegara bojxona postida axborot tizimlarida texnik ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan mazkur postga tutash Quvasoy shahrida joylashgan Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “O‘zbekiston” chegara bojxona posti orqali 2024-yil 6-noyabr kuni yuk va yengil avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.

“Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti

Shuningdek, “Ken-say” chegara bojxona postiga tutash Namangan viloyati bojxona boshqarmasining “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti orqali ham harakat vaqtinchalik to‘xtatildi.

“Do‘stlik” chegara bojxona posti

Shu bilan birga, Qirg‘iz Respublikasining “Dostuk” chegara bojxona posti axborot tizimlarida texnik ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan mazkur postga tutash Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali 2024-yil 6-noyabr kuni yuk va yengil avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.

Qirg‘iziston izohi

“Moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona xizmati ma’lum qiladiki, Yagona axborotlashtirilgan elektron tizimi dasturiy ta’minotini modernizatsiya va takomillashtirish bilan bog‘liq texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan 6 noyabr kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha bojxona operatsiyalari vaqtincha ishlamaydi”,deyiladi Qirg‘iziston Davlat bojxona xizmati xabarida.

Shu bois Qirg‘iziston idorasi fuqarolardan texnik ishlar vaqtida tovarlar va transport vositalari harakati bo‘yicha o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish va oldindan rejalashtirishni so‘radi.

Теги :
Jamiyat