$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 9-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Eng yaxshi biznes loyihalar imtiyozli tarzda moliyalashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qilgan edi.

Ko‘rik-tanlovning Buxoro viloyati xududiy bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Viloyat bo‘yicha “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichiga loyiha tashabbuskorlaridan 35 ta ariza kelib tushdi.  

O‘zbekiston va Yaponiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni yapon tomonining tashabbusi bilan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila ro‘y bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.

O‘zbekiston Yaponiya tomonining "Markaziy Osiyo + Yaponiya" birinchi sammitini o‘tkazish va Bosh vazir Kishidaning joriy yil 10-11 avgust kunlariga rejalashtirilgan mamlakatimizga rasmiy tashrifi muddatlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorini to‘liq tushunishi ta’kidlandi.

Tayyorgarlik tadbirlarini davom ettirish va tashrifni tashkil etishning yangi muddatlarini diplomatik kanallar orqali kelishishga ahdlashib olindi.

Gimnastikachilarimiz tarixiy natija qayd etdi 

Fransiyada davom etayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining badiiy gimnastika bo‘yicha jamoaviy chiqish saralashida O‘zbekiston terma jamoasi final bosqichiga yo‘l oldi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, jamoamiz 5 ta halqada mashq bajarishda 33.550 ball, 3 tasma va 2 to‘pda mashq bajarishda 30.450 ball, jami 64.000 ball jamg‘arib, 7-o‘rinni egalladi.

Endi Shahzoda Ibragimova, Iroda Sodiqova, Amaliya Mamedova, Mumtoza Isxoqzoda, Evelina Atalyans kabi gimnastikachilardan iborat jamoamiz ertaga, 10 avgust kuni soat 17:00da boshlanadigan final bosqichida ishtirok etadi. 

O’zbekistonning necha foiz qismi chorvachilik bilan shug’ullanmoqda?

Chorvachilik aholini go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlashda eng muhim soha hisoblanadi. So‘nggi uch yilda chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun tasdiqlangan hujjatlar va dasturlar asosida qiymati 22,5 trln. so‘mlik 5 ming 537 ta loyiha amalga oshirildi. Ushbu loyihalar doirasida xorijdan 117,5 ming bosh qoramol va 143 ming bosh qo‘y-echkilar olib kelinib, parvarishi yo‘lga qo‘yildi.

Respublika aholisining 9,8 mln. nafari (umumiy aholining 27 foizi) chorvachilik bilan shug‘ullanmoqda. Eng muhimi, ushbu soha ularning asosiy daromad manbaiga aylangan.  

Теги :
Jamiyat