$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 8-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

“HoReCa Uzbekistan 2024” xalqaro ko‘rgazmasi

Joriy yilning 8-10-oktabr kunlari O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi tomonidan Turizm qo‘mitasi ko‘magida “HoReCa Uzbekistan 2024” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

HoReCa Uzbekistan – mehmondoʻstlik sohasidagi soʻnggi yutuqlarni namoyish etish, ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatish va yangi hamkorlar topish uchun noyob platformadir. Ko‘rgazmada O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar mehmonxona va restoran biznesining yetakchi vakillari, turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislari ishtirok etadi.

“HoReCa Uzbekistan 2024” xalqaro koʻrgazmasi doirasida mehmondoʻstlik sanoati uchun tovarlar va xizmatlar koʻrgazmasi, konferentsiyalar, seminarlar va mahorat darslari kiritilgan biznes dasturi, oshpazlar, barmenlar va boshqa mutaxassislar oʻrtasida professional musobaqalar, jahon oshxonasi festivali bo‘lib o‘tadi.

Eng yaxshi biznes loyihalari saralandi

 “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” respublika ko‘rik-tanlovi Surxondaryo viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

Ko‘rik-tanlovda viloyatning turli hududlaridan ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, hunarmandlik va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yurayotgan tadbirkorlik sub’ektlari onlayn ariza topshirib, o‘z biznes loyihalari bilan ishtirok etdi.  

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimida ishtirok etdilar

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Ostona shahrida o‘zbek xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalini tantanali ravishda ochdilar.

Davlatimiz rahbari Qasim-Jomart Toqayevning Alisher Navoiyga haykal o‘rnatish tashabbusi uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Qozog‘iston poytaxti markazida muhtasham yodgorlik bunyod etilgani qozoq xalqining qardosh O‘zbekistonga bo‘lgan chuqur hurmatining yorqin ifodasi ekanini ta’kidladi.

G‘ulomjon Abdullayev yarim finalda 

Olimpiya o‘yinlarida sport kurashlari bo‘yicha o‘tayotgan bahslarda hamyurtimiz G‘ulomjon Abdullayev yarim finalga chiqdi.

Erkin kurash yo‘nalishidagi bellashuvlarda hamyurtimiz G‘ulomjon Abdullayev 1/4 final bosqichida Arsen Arutyunyan (Armaniston) ustidan zafar quchdi va yarim finalga yo‘l oldi. 

Endi G‘ulomjon polvon 57 kilogrammgacha vazn toifasidagi yarim final bahsida AQSH vakili Spenser Richard Li bilan kuch sinashadi. 

Теги :
Jamiyat