$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 7-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

O‘zbekiston va Ozarbayjon: inson huquqlari himoyasi sohasida hamkorlik kengaytiriladi

Boku shahrida “Inson huquqlari sohasida hamkorlik: Ozarbayjon va O‘zbekiston tajribasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda soha mutaxassislari va O‘zbekistondan inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiya ham ishtirok etdi.  

Tadbirda Ozarbayjon O‘zbekistonning yaqin do‘sti va vaqt bilan sinalgan, ishonchli strategik sherigi ekani ta’kidlanib, mamlakatlarimizning din, ma’naviy qadriyatlar mushtarakligi, an’analar, til va madaniyat o‘xshashligi bog‘lab turishi e’tirof etildi. Inson huquqlari himoyasi sohasida hamkorlik rivojlanayotgani alohida qayd etildi.  

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 7 avgust kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Ostona shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazadilar.

Yekaterina Shubina chorak finalga yo‘l oldi

Fransiya poytaxtida o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining baydarkada eshkak eshish bo‘yicha yakkalik bahslarida saralash bosqichi boshlandi.

Unda mamlakatimiz sharafini Yekaterina Shubina va Shahriyor Mahkamov himoya qilmoqda.

Ayollar o‘rtasidagi 500 metr masofaga baydarkada eshkak eshish saralash bellashuvlarida Yekaterina Shubina o‘z guruhida 1:58.37 natija bilan marraga yetib keldi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.  

O‘zbekistonda yangi turistik yo‘nalishlar ochilmoqda

O‘zbekistonda ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish, xorijlik va mahalliy sayyohlarga, ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini yanada yaxshilash va sohada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatining tuman va shaharlarini bog‘lovchi “Oltin vodiy sayyohlik halqasi” hamda Xorazm va Qoraqalpog‘iston bo‘ylab “Qal’alar halqasi” turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqildi.

“Oltin vodiy sayyohlik halqasi” turistik yo‘nalishi jami Farg‘onada 22 ta, Andijonda 18 ta va Namanganda 17 ta tashrif ob’ektlarini o‘z ichiga olgan.

Теги :
Jamiyat