$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 6-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Buyuk Britaniyaning “The Guardian” gazetasi Londondagi “OshPaz” haqida

Buyuk Britaniyaning ommabop “The Guardian” gazetasida “O‘zbek oshxonasini kim yoqtirmaydi? – Londondagi “OshPaz” restoraniga sharh” sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Maqolada qayd etilishicha, “London shahrida Pikkadilli sirkidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda Rejent ko‘chasida o‘zbek milliy taomlari markazi – “OshPaz” restorani ochilgan”.

Buyuk Britaniya poytaxtidagi O‘zbekistonning tashrif qog‘oziga aylanib ulgurgan restoranda o‘zbek milliy do‘ppilarini kiygan qizlar mehmonlarga xizmat ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 7-9 avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat rahbarlarining muzokaralari va Prezidentlar raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari ko‘rib chiqiladi.

Investitsiya faoliyati himoyalanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. 

Qonun loyihasida investorlarni eng katta xavotirga soluvchi omil va xatarlar bo‘yicha yechimlar kiritilmoqda hamda ortiqcha cheklovlar bekor qilinmoqda. Jumladan, “Bozorga kirish” kafolatlari hamda investitsiya faoliyatini asossiz tekshirishlardan himoyalash kafolatlari belgilanmoqda.  

Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin

2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi. Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqa hujjat yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa) sabablarga ko‘ra rad etilgan.  

Shuni inobatga olib, 1–30 iyul kunlari magistr.edu.uz tizimidan magistraturaga o‘qishga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar mavjud bo‘lgani sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga joriy yil 6–8 avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Теги :
Jamiyat