$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 30-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Andijonda katta shodiyona

Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat va istirohat bog‘i amfiteatrida Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanimiz!” shiori ostida o‘tkazilgan badiiy-musiqiy, teatrlashtirilgan bayram tadbiri O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi sadolari bilan boshlandi. 

O‘zbekiston va Dubay o‘rtasida turistik aloqalar mustahkamlanmoqda

Yaqinda Toshkentda o‘tkazilgan davra suhbatida Dubay iqtisodiyot va turizm departamenti o‘zining turli sayyohlik imkoniyatlari yo‘nalishlarini taqdim etdi.

Dubay iqtisodiyot va turizm departamentining hududiy rivojlanish yo‘nalishi rahbari Badir Ali Habib bu haqida quyidagicha so‘zlab berdi: 

–Bugungi kunda davlatlarimiz o‘rtasida har tomonlama aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Bu esa ikki yurtning sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.  

Bu yil yozda ham an’anaviy yirik tadbirlardan biri – “Dubai Summer Surprises” shoping festivali bo‘lib o‘tayotir. 28 iyundan 1 sentyabrgacha Dubay mehmonlari va aholisi e’tiboriga aql bovar qilmas chegirmalar, maxsus takliflar va madaniy tadbirlar taklif etiladi. Qishki mavsumda shoping festivali yana takrorlanadi, u 13 dekabrdan 19 yanvargacha o‘tkaziladi.  

O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari qasamyod qabul qildi

30 avgust kuni joriy yilda Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich kursantlarining tantanali “Vatanga qasamyod” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Xususan, erta tongdan Qurolli Kuchlar akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasida mazkur oliy harbiy ta’lim muassasalariga yangi qabul qilingan kursantlar Vatanga qasamyod qabul qildi.

Taniqli yapon aktyori va boshlovchisi Keysuke Minami O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi

Yapon aktyori avvalroq O‘zbekistonda bo‘lgan va tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan 5 qismli ko‘rsatuv tayyorlagan.

Keysuke Minami Yaponiyada mamlakatimizning turizm salohiyati va O‘zbekiston turizm brendini keng targ‘ib qilish, sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, yetakchi OAVda yurtimiz salohiyati haqida ko‘rsatuvlar tayyorlash va maqolalarni chop etishga ko‘maklashadi.

Теги :
Jamiyat