$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 29-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Xivada “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27-avgust kuni Xiva shahridagi “Ichan qal’a” majmuasida Xorazm viloyatining turizm salohiyatini oshirish va aholi o‘rtasida ichki sayohatlarni rag‘batlantirish maqsadida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” ichki turizm yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada 50 dan ortiq respublikaning yetakchi turistik kompaniyalari hamda joylashtirish vositalari vakillari, shuningdek, turizm va xizmat ko‘rsatish sohasidagi boshqa tadbirkorlik subektlari bilan birgalikda 500 yaqin kuzatuvchilar ishtirok etdi.

Shuningdek, yarmarka doirasida mahalliy ustalarning milliy hunarmandchilik mahsulotlari va rasmlari ko‘rgazmasi, ichki turizm sohasida yangi hamkorlik loyihalarining taqdimotlari, tadbirkorlar, iste’molchilar va davlat idoralari o‘rtasida B2B va B2C uchrashuvlari tashkil etilib, viloyatning sayyohlik salohiyatini oshirish yo‘llari va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Isroil Madrimov WBC reytingida uchinchi bo‘ldi

Butunjahon boks ittifoqi (WBC) avgust oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu reytingdan Otabek Xolmatov hamda Isroil Madrimov joy oldi.

Super yarim o‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov yangilangan reytingda uchinchi pog‘onada qayd etildi. Bokschimiz WBC reytingida so‘nggi bor yanvar oyida 8-o‘rindan joy olgan edi. Shuningdek, Otabek Xolmatov 18-o‘rinni egalladi.  

Davlat rahbari marhum akademik oilasiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Behzod Yo‘ldoshev kecha, 28 avgust kuni vafot etgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun ta’ziyali xonadonga tashrif buyurdi. Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi.

Davlatimiz rahbari marhumning ezgu ishlarini, Vatanimizga xizmatlarini yodga oldi.

Qorao‘zakda yangi korxona ish boshladi

Qorao‘zak tumanida “Qoraqalpog‘iston agro klaster” jamiyati tomonidan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bayrami hamda yangi korxonaning ishga tushirilishi munosabati bilan tabrikladi.  

Loyiha qiymati 14 milliard so‘m bo‘lgan mazkur korxonaning to‘liq quvvatda ishga tushirilishi bilan yiliga 2 million dona tayyor kiyim-kechak ishlab chiqariladi. Shuningdek, 400 ta ish o‘rni yaratiladi.  

Теги :
Jamiyat