$
 12741.76
26.69
 14035.05
-6.2
 139.85
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 28-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

“Sinquefield Cup-2024”: Nodirbek Abdusattorov turnir jadvalining 4-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi

AQSHning Sent-Luis shahrida poyoniga yetib borayotgan “Sinquefield Cup-2024” turnirining 8-turidagi barcha uchrashuvlar durang bilan yakunlanishi ortidan fransiyalik Alireza Firuzja g‘oliblikni deyarli ta’minlash ostonasiga yaqinlashgan bo‘lsa, undan 1 ochko ortda qolayotgan Fabiano Karuana asosiy ta’qibchiga aylanib oldi.

Bugun, 28 avgust kuni o‘tkaziladigan 9-tur o‘yinlari nufuzli turnirda o‘rinlar taqsimotida kimning qaysi pog‘onadan joy olishini belgilab beradi.  

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov so‘nggi tur bahsida oq donalarda Yan Nepomnyashiy bilan kuch sinashsa, muddatidan avval g‘oliblikka asosiy da’vogarligini ko‘rsatishga ulgurgan Alireza Firuzja oq donalarda Rameshbabu Pragnanandxa bilan ro‘baro‘ keladi.  

Olimpiada qahramonlari sharaflandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashdi.

Tadbirda Milliy Olimpiya qo‘mitasi va sport federatsiyalari rahbarlari, murabbiylar, sportchilarning ota-onalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham qatnashdi.

Ma’lumki, ushbu Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11-avgustgacha Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda 200 dan ziyod davlatdan 11 ming nafarga yaqin eng kuchli atletlar qatnashdi. O‘zbekiston 19 ta sport turi bo‘yicha 90 nafar sportchi bilan ishtirok etdi. Bu nufuzli musobaqa biz uchun tom ma’noda rekordlar, mislsiz yutuqlarga boy bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari sportchilarni ushbu ulkan tarixiy g‘alaba bilan tabriklab, nutq so‘zladi.

Turk dunyosi vositachilar ittifoqi xalqaro kengashi kuzda yig‘iladi

28 noyabr – 1 dekabr kunlari Anqarada Turk dunyosi vositachilar ittifoqi (TDAB) xalqaro kengashining dastlabki yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda jurnalistlarga Ittifoqning amaldagi raisi Yoqub Erikel ma’lum qildi.

Bo‘lajak tadbirda dunyoning 11 davlatidan 100 nafargacha mediator, ombudsman va advokat ishtirok etishi kutilyapti.

Tuzilmaning pirovard maqsadi dunyoning turli nuqtalaridagi etnik turkiylarga yuridik xizmat ko‘rsatish.

Kelgusi to‘rt yilda sportchilarni tayyorlash bo‘yicha katta dasturlar qabul qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

– Oldimizda to‘rt yil vaqt bor. O‘ylaymanki, sport federatsiyalari rahbarlari o‘zlariga xulosa qilib, Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan olimpiadaga munosib tayyorgarlik ko‘radilar, – dedi Prezident.

Bunga erishish uchun har bir olimpiya sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shu maqsadda kelgusi to‘rt yilda sportchilarni tayyorlash bo‘yicha katta dasturlar qabul qilinadi.

Har bir yo‘nalishda sport meditsinasi, farmakologiyasi, diyetologiyasi, psixologiyasi va muhandisligi bo‘yicha chet eldan malakali mutaxassislar jalb etiladi.

Madriddan Toshkent va Urganchga parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Ispaniyaning "Iberojet" aviakompaniyasi Madrid — Toshkent va Madrid — Urganch yo‘nalishlari bo‘yicha charter yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Toshkentga birinchi reys joriy yilning 2-sentyabr kuniga, Urganchga esa 8 sentyabr kuniga belgilangan.

Теги :
Жамият