$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 27-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

O‘zbekiston Prezidenti Belarus bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida Natalya Kochanova davlatimiz rahbariga Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Isroil Madrimov “The Ring” reytingida ko‘tarildi

Professional boks bo‘yicha “WBA” yo‘nalishida super yarim o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni hamyurtimiz Isroil Madrimov dunyoga mashhur “The Ring” reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.

Mazkur reytingning birinchi pog‘onasida amerikalik Terens Krouford hamon birinchi o‘rinda bormoqda. Quyida “The Ring” reytingining kuchli o‘ntaligi bilan tanishasiz: 

1. Terenc Krouford (AQSH) 

2. Isroil Madrimov (O‘zbekiston) 

3. Sebastyan Fundora (AQSH) 

4. Virjil Ortis (AQSH) 

5. Tim Szyu (Avstraliya) 

6. Sergey Bogachuk (Ukraina) 

7. Erikson Lubin (AQSH) 

8. Xesus Ramos (AQSH) 

9. Charlz Conuyell (AQSH) 

10. Brayan Mendoza (AQSH). 

Shaxmat: Abdusattorov 3,5 ochko bilan kuchli beshlikka ko‘tarilib oldi

Iste’dodli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov AQSHning Sent-Luis shahrida davom etayotgan «Sinquefield Cup-2024» turnirining kecha o‘tkazilgan 7-turida muvaffaqiyatga erishdi.

Abdusattorov oq donalarda amerikalik Uesli Soga qarshi bahs olib bordi. Shiddatli kechgan uchrashuvning 38-yurish holatida AQSH vakili mag‘lubiyatni tan oldi.  

O‘zbekistonda aralash jang san’atlari bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

Yurtimizga tashrif buyurgan Xalqaro aralash jang san’atlari (IMMAF) federatsiyasi prezidenti Kerrit Braun O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari bilan yurtimizda ilk bor aralash jang san’atlarining havaskorlar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazish masalasini muhokama qildi.

Muloqot avvalida Xalqaro aralash jang san’atlari (IMMAF) federatsiyasi prezidenti o‘zbekistonlik sportchilarni, keng jamoatchilikni “Parij-2024”Olimpiya o‘yinlarida erishilgan natijalar bilan qutladi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri A. Ikromov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi O.Qosimov yurtimizda ommaviy sport rivojini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan mehmonlarni tanishtirdi. O‘zbekistonda aralash jang san’atlari bo‘yicha o‘tkazilishi kutilayotgan jahon chempionati borasida o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

Теги :
Jamiyat