$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 26-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Sharq taronalari XIII xalqaro musiqa festivali doirasida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi

O‘zbek xalqining boy va qadimiy musiqa san’ati har doim Sharq xalqlari madaniyati orasida alohida o‘rin tutib kelgan. Uning bu mavqei xalq ijodiyoti bilan uzviy bog‘langanligi sababli hozirgi zamonda ham tobora oshib bormoqda. Bu yilgi “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali ana shu qadriyatlarni yanada yuksaltirishni maqsad qilgan.

2024 yil 26-30 avgust kunlari Samarqand shahrida YUNESKO va AYSESKO shafeligida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi. 1997 yilda ilk marta o‘tkazilgan bu festivalga bu yil dunyoning 70 dan ortiq mamlakatida 300 nafardan ziyod vakillar tashrif buyuradi.

Yosh polvonlarimiz jahon chempionatini 7 ta medal bilan yakunladi

Sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionati Iordaniyaning Amman shahrida o‘tkazildi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 tadan oltin va kumush hamda 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, sport kurashlari bo‘yicha o‘tgan ushbu chempionatning erkin kurash bahslari vazni -48 kg. toifasida hamyurtimiz Ulug‘bek Rashidov barcha raqiblarini yengib, jahon chempioniga aylandi.  

Dunyo birinchiligining yunon-rum kurashi bahslarida esa hamyurtlarimizdan Husniddin Abdukarimov (-48kg.) kumush, Umidjon Karomov (-45 kg.), Sardor Xolmurzayev (-55 kg), Farruh Yo‘ldoshev (-60 kg.), Behruzbek Valiyev (-71 kg.) va Faxrikamol Komiljonov (-92 kg.) bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

Surxondaryoning boy turistik salohiyati Malayziyada namoyish etildi

Joriy yilning 23-25 avgust kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan “AITEX” Osiyo ziyorat turizmi va savdo ko‘rgazmasida mamlakatimizdan Toshkent shahri, Buxoro, Xorazm, Samarqand viloyatlari qatorida Surxondaryo vohasi delegatsiyasi ham faol qatnashib, hududning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlarini o‘tkazdi.

Surxondaryo viloyati mamlakatimizning yirik sayyohlik salohiyatiga ega qadimiy hududlaridan biri. Janubdagi vohaning o‘tmishdan saqlanib qolgan noyob tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, maftunkor tabiat manzaralari, milliy hunarmandligi sayyoramiz ahlida katta qiziqish uyg‘otib keladi.  

O‘zbekiston – Xitoy: 500 megavattli gidroenergetika loyihalari davlat-xususiy sherikligi asosida amalga oshiriladi

Yaqinda “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov Xitoyning investitsiya va biznes delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot avvalida Abdug‘ani Sanginov xitoylik investorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 iyulda qabul qilingan “Gidroenergetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berdi.  

Unda ko‘rsatib o‘tilganidek, mamlakatimizda gidroenergetikani rivojlantirish bo‘yicha 5 yillik dastur tasdiqlangan. Mazkur dastur doirasida 2028 yilga qadar umumiy quvvati 3,3 GVt bo‘lgan GESlar va GTESlar qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy quvvatlar 2,2 GVt dan 5,5 GVt ga oshirilib, yillik elektr energiya ishlab chiqarish hajmi 15,7 mlrd. kVt. soatgacha yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihalarga qariyb 6,5 mlrd. dollar miqdorida investitsiyalarning jalb etilishi mo‘ljallangan.  

Теги :
Jamiyat