$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 25-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida Jizzaxda ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Ichki turizm yo‘nalishida “To‘rt faslning har birida sayohat” doirasida hamda Jizzax viloyatining turistik salohiyatini oshirish, aholi orasida ichki sayohatlarni kengaytirish maqsadida joriy yilning 21-avgust kuni Baxmal tumanining “O‘rmonchi ekoturistik” maskanida turizm yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada ichki turizm sohasida faoliyat yurituvchi turoperatorlar, turagentlar, hunarmandlar, joylashtirish vositalari (mehmonxona, hostel, mehmon uyi) va barcha korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Yarmarka doirasida ichki turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar hamda korxona, tashkilotlar hamkorligida “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) va “tadbirkor bilan mijoz” (B2C) mexanizmlari asosida uchrashuvlar tashkil etildi.

Ta'lim krediti olish uchun onlayn ariza topshirish mumkin

Taʼlim kreditini olish jarayoni endi yanada osonlashdi o‘rtoqlar! Endilikda kreditga ariza berish uchun Talim-krediti.uz maxsus platformasiga kirib ariza yuborsangiz bo‘ldi. Bankka bormasdan kreditga ariza yuborishingiz mumkin.

Buning uchun:

 Kreditga ariza yuborishda arizachi:

pasporti yoki ID raqami;

Tug‘ilgan sanasi(kun, oy va yil);

F.I.SH. kiritiladi.

 Manzil:

— Manzilingiz(viloyat tuman mahalla ko‘cha/xonadon raqami va telefon raqami kiritiladi;

 Kredit maʼlumotlari:

— Yaʼni taʼlim shakli, oliy taʼlim muassasasi maʼlumotlari, moliyalashtiruvchi bank manzili, kontrakt summasi va garov turi kiritiladi.

 Kredit olish jarayoni quyidagicha:

Onlayn ariza qoldirish;

 Arizani ko‘rib chiqish;

 Hujjatlarni rasmiylashtirish;

 Kredit ajratish.

O‘zbekiston – Qatar: kelajak avlod manfaati yo‘lidagi hamkorlik

Ta’lim jarayonini raqamlashtirish, manbalarni o‘zlashtirish, raqamli texnologiyadan foydalanish, inter faol, multi medial resurslar va yangi platformalar yaratish bugungi kunning dolzarb vazifasi sanaladi. Shu nuqtai nazardan malakali, raqobatbardosh kadrlarga talab tobora ortmoqda.

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Toshkentda Hamad Bin Xalifa universiteti prezidenti doktor Ahmad Hasna bilan uchrashib, sun’iy intellekt, AI kadrlarini tayyorlash, raqamli texnologiyani tadqiq etish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatini muhokama qildi.

Hamad Bin Xalifa universiteti Qatar poytaxti Dohada joylashgan, 2010 yil tashkil etilgan davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Qatarning sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy nomi berilgan oliygoh jahon universitetlari reytingi (QS World Universities Rankings)da 183-o‘rinni egallagan.

Nodirbek Yoqubboyev Abu-Dabida g‘oliblikni tantana qildi

Abu-Dabida poyoniga yetgan “Abu Dhabi Chess Festival 2024” turnirining “Masters” guruhida hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyev 7 ochko bilan g‘oliblikka erishdi. Shamsiddin Vohidov esa 3-o‘rinni egalladi.

Kecha o‘tkazilgan 9-turda Nodirbek Yoqubboyev qora donalarda hindistonlik Lukka Mendonsa bilan, Shamsiddin Vohidov esa oq donalarda FIDE bayrog‘i ostida musobaqada ishtirok etgan David Paravyan bilan durangga erishdi. Aynan Paravyan 2-o‘rindan joy oldi.

Nufuzli musobaqa yakuniga ko‘ra, turnirda qatnashgan 217 nafar shaxmatchining 6 nafari 7 ochko qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 9 nafari 6,5 ochko, 15 nafari 6, 25 nafari 5,5, 33 nafari 5, 38 nafari 4,5, 20 nafari 4, 30 nafardan ziyodi 3,5 ochko jamg‘ardi.

Теги :
Jamiyat