Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +10°

2024-yil 13-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

Magistratura mandati, davlat byudjeti daromadlari, maktab yarmarkalari, IT ta’limi — kunning eng muhim xabarlari.

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 13-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

“Seeds for the future-2024”: IT ta’limda hech qanday chegara yo‘q

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Seeds for the future-2024xx”da Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning 14 davlatidan 150 nafar talaba, 14 nafar o‘qituvchi va akademiklar ishtirok etmoqda.

Ushbu “Seeds for the future-2024” ta’lim dasturini Xitoyning nufuzli “Huawe” kompaniyasi va raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirmoqdamiz. Mazkur tadbir 2008 yildan beri xalqaro shaklda o‘tkazib kelinadi. O‘tgan yili ushbu tanlovning final bosqichi Dubay shahrida va Xitoyda bo‘lib o‘tdi. O‘rta Osiyo xalqlarining yarim final bosqichi esa Dohada o‘tkazilgan edi. Unda o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni olgani uchun mazkur tadbirni 2024 yilda O‘zbekistonda o‘tkazishni rejalashtirgan edik. Hozirda Toshkentga 14 ta davlatdan talabalar tashrif buyurgan. Ularning asosiy maqsadi O‘zbekiston bilan yaqindan tanishish, madaniy merosimizni o‘rganish, talabalarimiz bilan hamkorlikni o‘rnatishdan iborat.  

Maktab yarmarkalari ish boshladi

Yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan ota-onalar uchun qulaylik yaratish, umumta’lim maktablari o‘quvchilarini asosiy turdagi o‘quv qurollari, kiyim-kechak va poyabzallar bilan ta’minlash maqsadida joriy yilning 10-avgustidan – 10-sentyabrigacha Toshkent viloyatida maktab yarmarkalari tashkil etila boshlandi.

Hozirda 240 dan ziyod nuqtalarda maktab bozorlari tashkil etilgan bo‘lib, 26 turdagi zaruriy o‘quv qurollari va jihozlari sotuvi amalga oshiriladi. Muhimi, yarmarkalar tuman-shaharlarning aholi gavjum joylari, bozorlar, yirik savdo majmualari atrofi hamda maktablarda faoliyat yuritmoqda. 

Davlat byudjeti daromadlari 14 foizga ko‘paygan

Davlat byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish mamlakat ravnaqiga xizmat qiladi. Shu ma’noda 2024 yil birinchi yarim yilligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Hisobot davrida yalpi ichki mahsulot hajmi 6,4 foizga, sanoat 7,8, qurilish 10,1, xizmatlar 12,9, qishloq xo‘jaligi esa 3,8 foizga o‘sgan. Davlat byudjeti daromadlari esa 120,9 trln. so‘mga yetib, 14 foizga ko‘paygan.  

Magistratura mandati 20 avgustga qadar e’lon qilinadi

2024-2025 yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi. Talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida qat’iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2024-2025 yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlarning o‘qish javoblari joriy yil 20 avgustga qadar e’lon qilinadi.