Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

2024-yil 10-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

“Qovun sayli”, ta'lim krediti ajratishga tayyorgalik ko'rilmoqda, Bishkekdan Toshkentga parvozlar, Shahrisabzda ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi — kunning eng muhim xabarlari.

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 10-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

An’anaviy “Qovun sayli” festivalining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi

Festival uchun “Polvon” darvoza oldi, “Alleya” maydonining 4 gektarida 60 ta pavilon tashkil qilinib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, Xorazm viloyatidagi 13 ta shahar va tuman hokimliklari, o‘z hududlarida yetishtirilgan meva-sabzavotlar, poliz ekinlari qovun mahsulotlarining “Gurvak”, “Qilichboy beshak”, “Qariqiz”, “Tuya qovun”, “To‘yona”, “Ola zamcha”, “Xorazm oq novvoti”, “Ko‘k gulobi”, “Bo‘rikalla” kabi mahalliy qovunlarning 125 ga yaqin navlari namoyishi hamda hunarmandchilik mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Ta'lim krediti ajratishga tayyorgalik ko'rilmoqda 

Ayni paytda quyidagi 4 ta bank imtiyozli taʼlim krediti ajratayotganini maʼlum qildi: 

— SQB;

— Asakabank;

— Milliy bank;

— Hamkorbank. 

Oʻquv yili boshlanishi bilan yana 8 ta bank kredit ajratishni boshlaydi. 

Ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning 80 foizi miqdorida ajratiladi.

Eslatma, imtiyozli ta'lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasiga ko'ra (yillik 13,5%) davlat va nodavlat OTMning kunduzgi ta'lim shakli talabalari uchun ajratiladi.

Shahrisabzda ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Yoshlar kelajak bunyodkorlari” III ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda.

Qurultoy doirasida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.  

Xalqaro qurultoyda mahalliy va xorijlik yoshlar, xususan, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmaniston kabi davlatlarning yoshlari ham qatnashmoqda. Shuningdek, yurtimizning har bir hududidan 56 nafardan iqtidorli, ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi, talaba va yoshlar jalb qilingan.

TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Qirg‘izistonning TezJet aviakompaniyasi Bishkek-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.

Birinchi parvoz 2024-yil 3-sentabrga belgilangan. Bishkek-Toshkent-Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovlari haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari McDonnell Douglas MD-80 (M83) samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

TezJet 2013-yilda tashkil etilgan Qirg‘iziston aviakompaniyasi bo‘lib, “Manas” aeroportida (Bishkek) joylashgan va Qirg‘iziston shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi.