$
 12965.34
-14.82
 14525.07
-81.5
 161.34
-0.29
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2024-yil 31-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

positive-24-7-31

“Nukus-Mangistau-Nukus” yo‘nalishlari

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shu yilning 22-avgust sanasidan boshlab Qozog‘istonning Mangistau viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Qayd etilishicha, poyezd qatnovlari Nukus vokzalidan amalga oshiriladi.  

547 ming nafar fuqaroga ko‘rsatilgan xizmat

Pensiya jamg‘armasi tomonidan 2024-yil yanvar-iyun oylarida 547 ming nafar fuqaroga interaktiv va masofaviy xizmatlar ko‘rsatilgan. Pensiya oluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash uchun amaldagi tartibga qo‘shimcha ravishda ularning xohishiga ko‘ra, Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham murojaat qilish tizimi joriy etilgan

Saylovchilar imzosini to‘plash boshlandi

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olinib, ularga mandatlar "E-saylov" axborot tizimi orqali elektron shaklda berildi. Qonunchiligimizga ko‘ra, siyosiy partiya saylovda ishtirok etishi uchun saylov kampaniyasi boshlangani e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, o‘zining saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida qirq ming saylovchining imzosini to‘plagan holda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishi mumkin.  

Abdumalik Xalakovdan kutilgan g‘alaba

Boks bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, qit’a va Jahon Chempioni Abdumalik Xalokov Olimpiya o‘yinlaridagi o‘z ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. 57 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarni nimchorak finaldan boshlagan Abdumalik chorak final yo‘llanmasi uchun Nebil Ibrahimga (Shvetsiya) qarshi ringga chiqdi va g‘alaba qozondi. Endi A.Xalokov 3 avgust kuni qozog‘istonlik Mahmud Sabirxan va ispaniyalik Xose Brotonos Kyuiles qarama-qarshiligi g‘olibi bilan jang qiladi.