$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 30-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Sitora Turdibekova ilk jangda g‘alaba qozondi

Fransiyada o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida hamyurtlarimiz ham ishtirok etmoqda.

57 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Sitora Turdibekova 1/16 final bosqichida Marselat Sakobi (Kongo) bilan raqobatlashdi va g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasi uchun jang qiladigan bo‘ldi.  

Endi S.Turdibekova 2 avgust kuni nimchorak final bosqichida Xitoy Taypeyi vakilasi Lin Yu Tingga qarshi ringga ko‘tariladi.  

Xitoy delegatsiyasi – Samarqandda

Xitoy Inson huquqlarini o‘rganish jamiyati doimiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Szyan Szyango boshchiligidagi delegatsiya bugun Samarqand shahrida bo‘ldi.

Mehmonlar Amir Temur maqbarasi, Registon majmuasi va boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar bilan yaqindan tanishdi. Xitoy delegatsiyasiga mazkur obidalarning yaratilish tarixi va ajdodlarimizning bunyodkorlik salohiyati hamda yurtimizda ushbu merosni asrab-avaylash borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Szyan Szyango Samarqand qadimiy buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan shahar sifatida mintaqada savdo-iqtisodiy munosabatlar, ilm-fan va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shganini e’tirof etdi.

SSV: onalar o‘limi 34 foizga, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 26 foizga kamaygan

Onalar va bolalarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam takomillashtirilishi natijasida onalar o‘limi darajasi 34 foizga, besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi darajasi 26 foizga kamaygan.

Respublika miqyosida, hududlarda va tuman (shahar)larda “365 kun /24 soat” tamoyiliga asosan onalar va bolalarga ko‘rsatiladigan yordamni nazoratga olish, tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Xalqaro matematika musobaqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 18 ta medalni qo‘lga kiritdi

26-31 iyul kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro matematika musobaqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Yosh matematiklar musobaqasida 30 ta davlatdan 576 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi 8 nafar iqtidorli yoshlardan iborat bo‘lib, ularning barchasi sovrindorlar qatoridan joy oldi.  

Теги :
Jamiyat