$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 29-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

29

Ruslan Abdullayev bokschilarimizning muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirdi

Boks bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Ruslan Abdullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarida muvaffaqiyatli start oldi. -63,5 kg vazn toifasida ilk jangini o’tkazgan Abdullayev meksikalik Migel Ramiresni musobaqadan chiqarib yubordi va chorak finalga yo’l oldi. Endi u 1-avgust kuni yarim final yo’llanmasi uchun ringga ko’tariladi.

Ko‘hna Xiva “Qovun sayli” festivaliga mezbonlik qiladi

Xorazm qovunchiligini keng targ‘ib qilish orqali mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida joriy yilning 9-11-avgust kunlari Xiva shahri “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida xalqaro “Qovun sayli” festivali o‘tkaziladi.

Turli meva-sabzavotlar, poliz ekinlari, qandolat va asalarichilik, hunarmandchilik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi. 

“Adolat” SDPning saylovdagi ishtiroki bo‘yicha rejalari

29 iyul kuni O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashining navbatdagi Plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yil 27 oktyabr kuni parlament va mahalliy vakillik organlariga bo‘lib o‘tadigan saylovda “Adolat” SDPning ishtirokiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Plenumni kirish so‘zi bilan ochgan partiya yetakchisi Robaxon Maxmudova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy vakillik organlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar yangicha amaliyot – aralash saylov tizimi orqali o‘tkazilishi, bunda har bir ovoz uchun keskin kurash ketishini alohida ta’kidladi. Bu, o‘z navbatida, siyosiy partiyalardan yanada qizg‘in sog‘lom raqobat muhitida saylovchilarning yuksak ishonchini qozonishni talab etadi.

Plenumda saylovda ishtirok etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Onkologik bemorlar uchun yangi xospis qurilmoqda

Toshkent viloyatida poytaxt hokimligining buyurtmasiga ko‘ra onkologik bemorlar uchun xospis bunyod etilmoqda. Bino 2 qavatdan iborat bo‘lib, 50 o‘ringa mo‘ljallangan.

Bu loyihaning o‘ziga xosligi shundaki, unda har bir bemor uchun individual sharoitlar yaratiladi. Binoni loyihalashda saratonga chalingan bemorlar uchun kerak bo‘ladigan barcha sharoitlar inobatga olingan. Hatto uning lokatsiyasi uchun aholi yashash manzilidan uzoqroq va so‘lim tabiat go‘shasi tanlangan.  

Obyektdagi qurilish ishlarining 60 foizi yakunlangan. Uni qisqa fursatlarda topshirish maqsadida 70 nafar ishchi tomonidan ishlar tezlik bilan amalga oshirilmoqda.  

Теги :
Jamiyat