$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 28-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohlari qaysilar?

 Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi- 2024 tanlovida top-10 talik:

1. Osiyo Xalqaro Universiteti - 15484

2. Ipak yo'li innovatsiyalar universiteti - 11199

3. University of business and science - 10911

4. Buxoro innovatsion tibbiyot instituti - 10220

5. TMC institute - 4493

6. Alfraganus Universiteti - 2936

7. Ma'mun nomidagi jahon tillari universiteti - 2455

8. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti - 1255

9. Impuls tibbiyot instituti - 1250

10. Qo'qon universiteti - 1220.

Yaponiyaning mashhur telekanali O‘zbekistonning turizm salohiyatini namoyish etdi

Yaponiyaning mashhur "TV Asahi" telekanali O‘zbekiston shaharlarining turizm salohiyatiga bag‘ishlangan “Travel Salad” teleko‘rsatuvi seriyasini namoyish etdi.

Keysuke Minami dasturning har bir sonida o‘zbek xalqining boy tarixi, madaniyati va mehmondo‘stligiga alohida to‘xtalib o‘tdi. U o‘z taassurotlari va yangi maskanlar haqidagi kashfiyotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, O‘zbekiston noyob madaniy merosga va ko‘plab turizm imkoniyatlariga ega mamlakat ekanini ta’kidladi.

Qarshi - Toshkent yo‘li kengaytirilishi kerak

Qashqadaryo viloyat IIB jamoat xavfsizlik xizmati yo‘l harakati xavfsizlik boshqarmasi tashabbusi bilan OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Bunda 4R87 “A-378 avtomobil yo‘lidan Qarshi shahriga kirish” avtomobil yo‘li va unda transport vositalari qatnovi ko‘paygani sari yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lish xavfi oshayotgani haqida ta’kidlab o‘tildi.

Ushbu yo‘lning umumiy uzunligi Ko‘kdala tumani markazidan Qarshi shahrigacha 53 kilometrni tashkil etadi. 

 Ushbu avtomobil yo‘lida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi va viloyat yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasiga, viloyat hokimligiga o‘tgan yillar davomida bir necha marta taqdimnomalar kiritilgan.  

Avtomobil yo‘li va unda transport vositalari qatnovi ko‘paygani sari yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lish xavfi oshayotgani haqida ta’kidlab o‘tildi.

«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» tadbirkorlarga 17,1 trln so‘mlik yordam ko‘rsatdi

So‘nggi olti yil davomida «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan tadbirkorlarning 47 mingdan ortiq loyihalariga 17,1 trln so‘m miqdorida yordam ko‘rsatildi.

Jamiyat axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu mablag‘larning taqsimlanishi quyidagicha amalga oshirilgan: 13,5 ming loyihaga 10,4 trln so‘m kafillik, 33,5 ming loyihaga 6,7 trln so‘m kompensatsiya, 49 loyiha uchun 35 mlrd so‘m resurslar va 3 loyiha uchun 11,9 mlrd so‘m xizmatlar ipotekasi.

Теги :
Jamiyat